2- mavzu. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi fanining huquqiy asoslari


-modda. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish


Download 149.91 Kb.
bet9/13
Sana18.10.2023
Hajmi149.91 Kb.
#1708923
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ММТХ-2-маъруза лотинча (1)

17-modda. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning tayyorlanishi belgilangan tartibda ta’minlanadi.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha xususiyatlari hisobga olingan holda talabalar va o‘quvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish kursi majburiy o‘rganilishini tashkil etishi kerak.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ish beruvchilar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar qayta tayyorlanishini va ularning malakasi oshirilishini ta’minlaydi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
18-modda. Xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash
Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha sut (shunga teng bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun), maxsus kiyim-bosh, maxsus poyavzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanadi. Bunday ishlarning ro‘yxati, ularni berish normalari, ular bilan ta’minlash tartibi va shartlari jamoa shartnomalari hamda kelishuvlarida belgilanadi, agar ular tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishuvga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Xodimlarning shaxsiy himoya vositalarini olish, saqlash, yuvish, tozalash, ta’mirlash, dezinfeksiya qilish va zararsizlantirish ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
22-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
Xodim quyidagi huquqlarga ega:
mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning va normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga mos bo‘lgan ish o‘rniga ega bo‘lish;
ish beruvchidan mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli mavjudligi, shu munosabat bilan o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari va jamoaviy himoya vositalari haqida axborot olish;
mehnatni muhofaza qilishga oid belgilangan normalar va talablarga muvofiq ish beruvchining mablag‘lari hisobidan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy ijtimoiy sug‘urta qilinish;
mehnatni muhofaza qilishga oid talablar buzilganligi oqibatida o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yuzaga kelgan taqdirda, agar shunday holatlar mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan tasdiqlansa, ishlarni bajarishni bunday xavf bartaraf etilguniga qadar rad etish;
o‘z ish o‘rnidagi mehnat sharoitlari hamda muhofazasi mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organ tomonidan tekshirishdan o‘tkazilishi uchun so‘rovnoma berish;
ish beruvchining mablag‘lari hisobidan mehnatning xavfsiz uslublari va usullari bo‘yicha o‘qish;
qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni olish;
o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetishi munosabati bilan hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini ish beruvchidan undirish;
o‘z ish o‘rnida mehnat qilish uchun xavfsiz sharoitlar ta’minlanishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilayotganda va o‘zi bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa yoki uning kasb kasalligi tekshirilayotganda shaxsan o‘zi ishtirok etish yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etish;
tibbiy tavsiyalarga muvofiq navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tish, ushbu tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtida uning ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlanishi;
mehnatni muhofaza qilishga oid talablar buzilganligi oqibatida ish o‘rni tugatilgan taqdirda ish beruvchining mablag‘lari hisobidan qayta tayyorgarlikdan o‘tish.
Xodim qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Xodim:
mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi;
shaxsiy himoya vositalarini to‘g‘ri qo‘llashi;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar olishi, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan va malaka oshirishdan o‘tishi;
odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diruvchi har qanday vaziyat to‘g‘risida, shuningdek ish jarayonida yoki u bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisa haqida ish beruvchini darhol xabardor qilishi shart.
Xodimning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Download 149.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling