2- mavzu. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi fanining huquqiy asoslari


Download 149.91 Kb.
bet1/13
Sana18.10.2023
Hajmi149.91 Kb.
#1708923
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ММТХ-2-маъруза лотинча (1)


2- Mavzu. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi fanining huquqiy asoslari.
2-тема: Юридические основы охраны труда и техника безопасности
2-topic: Legal bases of labor protection and safety engineering

Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mehnat kodeksi”, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun (yangi tahrirdagi) va boshqa qonunlar
2.Ayollar va o‘smirlar mehnatini muhofaza qilish.
3.Mehnatni muhofaza qilish qonunlariga rioya qilishda davlat, muassasa va jamoat nazorati, uni buzuvchi shaxslar javobgarligi.


Tayanch iboralar: konstitutstiya, kodeks, mehnat sharoiti, mehnatni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish xizmatlari, mehnat intizomi, mehnatga qobiliyatsizlik davri, baxtsiz hodisalar, nizom, standart, norma, xuquq, meyor, xavfsizlik, sanitariya, nizom, kasaba uyushma, sug’urta, sanatoriya, profilaktoriya, yuriqnoma, kartochka, signalizastiya, maxsus kiyim, shaxsiy himoya vositasi.
Metodik ta’minot
a). Adabiyotlar : [1], [2], [3].
a). Plakat, sxemalar, maketlar, taqdimot va multimediyali dasturlar.

1. OʻzRda xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar OʻzR ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil 6-may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi OʻzR fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativ huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.



Download 149.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling