2- Mavzu. Moddalarni tozalash mavzusiga oid laboratoriya ishla ri Moddalar
va ularning xossalari. fizik xossalari turlicha bo’lgan moddalar bilan ishlash.
Fizik va kimyoviy hodisalarga oid laboratoriya ishlari Moddalar va ularning
xossalari. fizik xossalari turlicha bo’lgan moddalar bilan ishlash. Fizik
hodisalar. Kimyoviy hodisalar, Oddiy va murakkab moddalar
IFLOSLANGAN OSH TUZINI
TOZALASH
Kerakli jihozlar: filtr qog’ozi, qaychi, voronka, stakanlar, probirkalar, shisha
tayoqcha, Byuxner voronkasi, Byunzen kolbasi, shtativ.
Kerakli reaktivlar: distillangan suv, ifloslangan
osh tuzi,
TAJRIBA QUYIDAGI KETMA-KETLIKDA OLIB BORILADI:
I
1. Ifloslangan
osh tuzi
2. Ifloslangan
osh tuzini eritish
3. Ifloslangan osh
tuzi eritmasini
filtrlash
4. Filtratni
bug’latish
5. Toza osh tuzi
olish
Ifloslangan osh tuzini stakanga solib, shisha tayoqcha
bilan aralashtirgan
holda eritamiz,Filtr
qog’ozini tayyorlaymiz.Suyuqlaklarni
mayda
qattiq
zarrachalardan ajratish uchun
filtrlash, ya’ni mayda g’ovakli
jismlar-filtrlardan
suyuqlikni o’tkazish qo’llaniladi. U suyuqlikni o’tkazib, o’zining sirtida mayda
zarrachalarni ushlab qoladi. Filtrdan o’tkazilgan va qattiq qo’shimchalardan
tozalangan
suyuqlik filtrat deyiladi. Laboratoriya amaliyotida odatda filtr
qog’ozdan yasalgan tekis va buklama filtrlar ishlatiladi.
Tekis filtrni tayyorlash uchun to’rtburchak shakldagi filtr qog’oz varag’ini (1-
rasm) olib, uni oldin ikkiga (1), so’ngra to’rtga (2) buklanadi.
Buklangan
to’rtburchakning bir burchagini qaychi bilan yoy bo’ylab (3) kesiladi, qog’ozning
bir qavatini qolgan uch qavatdan barmoq bilan ajratiladi va ochiladi.
1-RASM. TEKIS FILTRNI
TAYYORLASH.
2-RASM. BUKLAMA FILTRNI
TAYYORLASH.
Konus (4) hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan filtrni
voronkaning ichiga shunday
joylashtiriladiki, u voronkaning devorlariga mahkam yopishsin, so’ngra, barmoq
bilan qog’ozni voronkaning shishasiga qisgan holda filtrni
oz miqdordagi suv bilan
namlanadi. o’rnatish kerakki, uning uchi filtratni yig’adigan idish devorlariga tegib
tursin (3-rasm).
Tayyorlab bo’lgandan so’ng 3-rasmdai asboblarni yig’ib, ifloslangan osh
tuzi filtrlanadi.Filtratni olib chinni kosachada qaynatiladi.Suv bug’lanib ketadi
3-RASM. FILTRLASH
Xulosa: Ifloslangab osh tuzini eritib, filtrlab
bug’latish yo’li bilan tozlanadi.