2 -mavzu: Nutq uslublarining qiyosiy tasnifi
Download 48.26 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari: 1.Mamlakatimizda ma’naviyatga e’tibor nimalarda ko’rinadi 2.O’zbekistonning “Davlat tili haqida”gi qonunining asl mohiyati
- 5.Ilmiy uslubning leksik xususiyatlari haqida nimalarni o’rgandingiz
Publitsistik uslub
Publitsistika- lotincha «ijtimoiy» so‘zidan olingan. Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlarni o‘z ichiga oladi. Bu uslubning ham ikki turi, ya’ni yozma va og‘zaki ko‘rinishlari mavjud. Yozma turiga asosan matbuot tili kiradi. Publitsistik uslub o‘zbek adabiy tilining nutq uslublari tizimida, asosan XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida paydo bo‘la boshlaydi. Chunki bu davrga kelib, ya’ni 1883 yilning boshlaridan, o‘zbek tilida ilk gazetalardan - «Turkiston viloyatining gazeti”, «Oyna», «Sadoi Turkiston» gazetalari chiqa boshladi. XX asr boshida esa nashriyot va vaqtli matbuot ishlari doirasining yanada kengayishi hamda o‘zbek demokratik yozuvchilari ijodida badiiy publitsistikaning keng o‘rin olishi kabi omillar o‘zbek adabiiy tilida publitsistik uslubning paydo bo‘lishi va shakllanishida katta ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan so‘ng o‘zbek adabiy tilining publitsistik uslubi har tomonlama takomillashdi, o‘z taraqqiyotining yuqori pog‘onasiga ko‘tarilmoqda. Ayniqsa, mumtoz asarlarning o‘zbek tiliga tarjimasi, vaqtli matbuot va nashriyotda hozirgi zamonning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan materiallarning keng yoritilishi, radio va televidenie orqali siyosat va ijtimoiy hayot masalalariga bag‘ishlangan publitsistik bosh maqolalar, feleton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar publitsistik uslubning yozma turidagi asarlaridir. O‘zbek adabiy tilining publitsistik uslubi matbuot tili rivojida muhim o‘rin tutadi. Mazkur uslub orqali omma bilan doimiy muloqot olib boriladi va u ommaga operativ tarzda informatsiya berish vazifasini bajaradi. Xorijiy so‘zlarga, tom ma’nodagi professionalizmga, so‘zlashuv uslubiga intilish publitsistikaga xos xususiyatdir. Ular gazetaning umumlisoniy qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Ular omma ongiga ta’sir etib, uni tarbiyalaydi. Publitsistik uslubning og‘zaki turiga esa notiqlik kiradi. O‘tmishning mashhur notiqlari kishilarning ijtimoiy aloqa quroli bo‘lgan tildan ma’lum g‘oyaviy maqsadni ifodalash hamda estetik ta’sir etish vositasi sifatida mohirona foydalanib kelganlar. Publitsistik uslubning og‘zaki turiga kundalik voqealarga doir maqolalar yoki xalqaro obzor bilan radio va televidenieda chiqayotgan sharhlovchilarning nutqlari ham kiradi. Publitsistik uslubda nutqning obrazliligi barqaror xarakterga ega bo‘ladi. Ibora, tasviriy ifoda, istiora, epitet, o‘xshatish, mubolag‘a, kesatish kabi his-tuyg‘uga ta’sir etuvchi vositalar umumxalq tilidan olinadi. Publitsistikada leksikani tanlash mantiqiylik va emotsionallik talabiga ko‘ra belgilanadi. Til vositalarini tanlash va ulardan foydalanish imkoniyatlari, eng avvalo, publitsistik nutqning janr turlariga, ularning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Bundan tashqari, publitsistik materiallarning barcha turlarida, chunonchi, pamflet, feleton va notiqlikda muallifning o‘ziga xos individual uslubi ham sezilib turadi. Publitsistik uslubning sintaktik tuzilishi ham o‘ziga xos. YA’ni unda sodda gap turlari ham, qo‘shma gapning o‘zaro va, ham, yoki teng bog‘lovchilari yordamida birikkan bog‘langan qo‘shma gaplar turi ham ishlatiladi. Sintaktik parallelizmlar ham ishlatiladi: huquqda bo‘lsin, sharaf-shonda bo‘lsin, oilada bo‘lsin, ishq va vafoda bo‘lsin kabi. Bu kabi sintaktik takror fikr va hisni yaqqol ifodalash bilan birga, ta’sirni kuchaytirish uchun ham xizmat qiladi. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ldiki, tilni puxta o‘rganish, uning lug‘aviy boyligi va grammatikasini puxta egallash, mantiqli so‘zlashni o‘rganish, nutqning ichki(mazmun) va tashqi(shakl) ko‘rinishiga birday e’tibor berish, go‘zal va ta’sirchan nutq tuza bilish, til boyliklarini maqsadga muvofiq hamda o‘rinli ishlatish vazifalarini qo‘yadi. Nazorat savollari: 1.Mamlakatimizda ma’naviyatga e’tibor nimalarda ko’rinadi? 2.O’zbekistonning “Davlat tili haqida”gi qonunining asl mohiyati nimada? 3.Tilning o’g’zaki va yozma shaklining farqi nimalarda ko’rinadi? 4.Adabiy me’yor yuzasidan tegishli davlat idoralari tomonidan qilingan qanday ishlarni bilasiz? 5.Ilmiy uslubning leksik xususiyatlari haqida nimalarni o’rgandingiz? Download 48.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling