2 -mavzu: Nutq uslublarining qiyosiy tasnifi


Ilmiy uslubning leksik xususiyatlari


Download 48.26 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2024
Hajmi48.26 Kb.
#1818711
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu

Ilmiy uslubning leksik xususiyatlari:
1.Kitobiy, neytral so‘zlar to‘g‘ri ma’noda qo‘llanadi.
2.Oddiy so‘zlashuv nutqi unsurlari, sheva va jargonlardan foydalanilmaydi.
3.Tipik nutqiy oborotlar qo‘llanadi (xulosa qilib shuni aytish mumkinki kabi).
4.Ilmiy termin va atamalar ko‘p ishlatiladi.
Ilmiy uslubning morfologik va sintaktik xususiyatlari:
1.Turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko‘p ishlatilishi.
2.Birlik shaklda qo‘llanuvchi narsalarni ko‘plik shaklida ishlatilishi (suvlar, moylar, tuproqlar).
3.Ergash gapli qo‘shma gaplar qo‘llanadi.
4.Kirish so‘zlar qo‘llanadi: demak, shunday qilib, shuningdek kabi.
5.Fe’lning majhul nisbat shaklidan ko‘proq foydalaniladi: tajriba o‘tkaziladi, materiallar foydalanildi.
Ilmiy uslubning ilmiy va ilmiy-ommabop ko‘rinishlari bor. Ilmiy-ommabop bayon o‘zining leksik tarkibi va sintaksisi bilan xalq ommasiga mo‘ljallangan bo‘ladi: bunga izohli lug‘atlar, sohalarga oid lug‘atlar kiradi. Ilmiy uslubda esa tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta’riflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub o‘zining alohida maxsus vazifasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub ilmiy terminologiya bilan bog‘liq. Odatda, terminlar ilmiy uslubning leksikasini tashkil etadi. Lekin ilmiy asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topmay, unda mavhum leksika va ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega bo‘lgan umumxalq so‘zlari ham shartli ravishda qo‘llanadi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid ramz va belgilari, raqamlari ham ishlatiladi.
Ilmiy uslubning og‘zaki va yozma shakllari ham mavjud. Ilmiy og‘zaki uslub tili ancha so‘zlashuv tiliga yaqin bo‘lsa-da, biroq undagi qo‘llanayotgan so‘z-terminlar, aniqlik, ta’rif va izchilliklar ilmiy uslub ekanligini isbotlab turadi. Bunda adabiy tilning og‘zaki shakli muhim o‘rin tutadi. Ilmiy uslubda fikr yuritayotgan shaxs turli xil tasviriy vositalardan iloji boricha qo‘llamasligi lozim. Har bir fikr o‘z tasdig‘ini ilmiy va mantiqiy asosda topmog‘i zarur. Ilmiy uslubning yozma shakli deganda turli xil ilmiy doiradagi o‘quv qo‘llanmalar tili tushuniladi. Bu uslubning o‘z leksikasi va grammatik qurilishi bo‘lib, uni asosan, yuqorida aytganimizdek terminlar va atamalar tashkil qiladi. SHu o‘rinda bir narsani ta’kidlash kerakki, ba’zi ilmiy asarlarda termin va atama tushunchasiga turlicha qarashlar mavjud. Bizning fikrimizcha, termin bilan atama ilmiy uslubning leksikasidir. Termin ilm-fanga tegishli bo‘lgan tushunchalarning nomi fonetika, ega, kesim, kislorod, vodorod kabi. Atama esa mavjud narsalarga atab qo‘yilgan nom: inson, osmon, kitob, olma kabi.
Ilmiy uslub tili yoki uning yo‘nalishini ilmiy tadqiqot ishlarida, ma’ruzada, sharh, annotatsiya kabilarda kuzatish mumkin. Demak, ilmiy uslub bugungi kunda alohida soha sifatida shakllanib kelmoqda. Ilmiy uslubga doir qanday ish yoki asar yozilmasin, unda muhim mavzuning o‘ziga xos jihatlari ochib berilishi shart.
Xullas, ilmiy uslub biror narsa, voqea-hodisa haqida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishga qaratilgan bo‘ladi, shunga ko‘ra unda ta’riflab berish, tahlil qilish sababini aniqlab, isbotlash va natijalarini bayon qilish asosiy o‘rin oladi.Ilmiy uslub fan-texnika va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifaviy uslubdir. U yana ilmiy-texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o‘quv-ilmiy, publitsistik kabi jabhalarga ega. Fanning u yoki bu sohasiga oid tushunchalarni ifodalovchi termin va atamalarga boyligi ilmiy uslubning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Ko‘rinadiki, ilmiy uslub adabiy tilning me’yorlarini to‘la saqlash bilan ham ajralib turadi. Bu uslubda nutqning ixcham bo‘lishiga intilish kuchli, lekin sintaktik qurilma ko‘pincha murakkab bo‘ladi.

Download 48.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling