2- mavzu: statistik kuzatish uslubiyati asosiy savollar
Download 99.5 Kb.
|
2-MAVZU.MARUZA MATNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanlama kuzatish
- Bevosita kuzatish
- Respondentlar yordamida kuzatish
Monografik tasvirlash deganda tipik hodisalarni har taraflama chuqur va sinchiklab o‘rganish tushuniladi. U yoppasiga kuzatish natijalarini boyitish maqsadida o‘tkaziladi. Monografik tasvirlash barcha to‘plam haqida fikr yuritish uchun ma’lumot to‘plashni ko‘zlamaydi va shu bilan qisman kuzatishning boshqa turlaridan farq qiladi.
Tanlama kuzatish - bu bosh to‘plamdan uning ichki bog‘lanishlarini to‘la aks ettiruvchi qismini tanlab olib ma’lumot to‘plash. Tanlama kuzatish qisman kuzatish turlari ichida ilmiy asoslangan bo‘lib, eng yaxshi natija beradi. U to‘g‘ri tashkil etilganda olingan ma’lumotlar umumiy to‘plam haqida to‘la-to‘kis va aniq fikr yuritish imkoniyatini yaratadi. Tanlama kuzatish deganda umumiy bosh to‘plamdan bir qismini ilmiy asoslangan, vakolatlikni to‘la ta’minlab beradigan usullar yordamida tanlab olib tekshirish tushuniladi. U statistika amaliyotida juda keng qo‘llanadi. Masalan, uy ho‘jaliklari budjeti tanlama kuzatish orqali o‘rganiladi. Bozor sharoitida tanlama kuzatishni qo‘llash sohalari beqiyos kengayadi. Statistik kuzatish jarayonida boshlang‘ich ma’lumotlarni olish turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Shunga asosan statistik kuzatish to‘rt turga bo‘linadi: 1. Bevosita kuzatish – bu usulning xarakterli tomoni shundaki, tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita qatnashadi. U kuzatilayotgan narsalarni birma-bir ko‘rib, sanab, tortib va o‘lchab olgan natijalarni kuzatish varaqasiga yozadi. 2. Hujjatli kuzatish – zarur bo‘lgan ma’lumotlar, har xil hujjatlardan olinadi. Bu usul ko‘pincha hisobot usuli deb yuritiladi. 3. Savol-javob yo‘li bilan kuzatish – kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar asosida kuzatish varaqalari to‘ldiriladi. Bu holda hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Bu usulning o‘zi ikkiga bo‘linadi: 1. Og‘zaki usul (ekspeditsion). 2. O‘z-o‘zini regitratsiya qilish usuli. Og‘zaki usulda maxsus tayyorlangan kishilar (ro‘yxatga oluvchi, hisobchi) kuzatilayotgan shaxslarga kuzatish varaqasidagi savollarni berib, olgan javoblarni varaqaga yozadilar. Masalan, 1989 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatida shu usul qo‘llangan. O‘z-o‘zini registratsiya qilish usulida statistika tashkilotlarining vakillari kuzatish varaqalarini kuzatilayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma’lum vaqtdan so‘ng to‘ldirilgan varaqalarni yig‘ishtirib oladilar. Varaqalarni to‘ldirayotgan shaxslarga tekshirish mohiyatini tushuntirish va yozilgan ma’lumotlarni har taraflama tekshirish vakillarning burchi hisoblanadi. Bu usul uy ho‘jaliklar budjetini tekshirishda, ayrim ro‘yxatlarni (masalan 1961 yildagi maktablar ro‘yxati) o‘tkazishda qo‘llanadi. 4. Respondentlar yordamida kuzatish - bu usulida zarur ma’lumotlar statistika boshqarmalariga ixtiyoriy yoki yollanma muxbirlar tomonidan yuborib turiladi. Hisobot - korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda belgilangan tartibda va vaqtda olishni ta’minlovchi kuzatish turidir Hisobot korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni uzluksiz, belgilab qo‘yilgan tartibda va vaqtda to‘plashning muhim yo‘li (shakli)dir. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistikasi haqidagi” Qonunga muvofiq respublika hududida joylashgan va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan barcha korxonalar va tashkilotlar, ularning mulkiy va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, o‘z faoliyati haqida aniq va to‘la ma’lumotlarni belgilangan dasturda, tartibda va muddatda tegishli davlat statistika tashkilotlariga taqdim etishga majburdir. Statistik hisobot shakllari xarakteri va mazmuni, hisobot davri, yuborish uslubi, umumlashtirish darajasiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi (2.6-tarh). 2.6-tarh. Davlat statistika hisoboti turlari Joriy maxsus tekshirishlar - bu maxsus respondentlarni yollab hodisalar haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilish yo‘li bilan to‘plash jarayonidir. Joriy maxsus statistik tekshirishlar deganda statistik tashkilotlar tomonidan maxsus respondentlarni yollab o‘rganilayotgan hodisa, jarayon haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlarni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilib to‘plash tushuniladi. Bunday kuzatishga uy ho‘jaliklari budjeti statistikasi, iste’mol baholari statistikasi, uyushmagan savdo statistikasi, dehqon xo‘jaligi (fermer xo‘jaligi bilan aralashtirib yubormang!) statistikasi va h.k. misol bo‘lishi mumkin. Biznes-tekshirishlar savolnomalar yordamida iqtisodiy holatni tahlil qilish va qisqa muddatli iqtisodiy istiqbolni belgilash uchun savol-javob yo‘li bilan tadbirkorlardan ma’lumotlar to‘plashdir. Biznes-tekshirishlar bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan statistik kuzatishdir. Ularning asosiy maqsadi tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatini o‘rganishdan iborat. Joriy maxsus tekshirishlardan farqli o‘laroq, biznes tekshirishlar tadbirkorlardan intervyu olish, oldin tayyorlangan savollarga yozma yoki og‘zaki javoblarni maxsus savolnomalarda qayd qilishga asoslanadi. Ularning o‘ziga xos xususiyati shundaki, savolnomalar kompleks xarakterga ega bo‘lib, o‘zaro bog‘langan bir-birini to‘ldiruvchi savollardan, ularning ma’lum masalaga oid majmualaridan tashkil topadi, natijada iqtisodiy faollikni har taraflama yoritish imkonini beradi. Joriy maxsus tekshirishlar va biznes tekshirishlar ma’lum masalalarni o‘rganishda qo‘llanadi. Bundan tashqari, ro‘yxatlar ham statistik kuzatishning muhim tashkiliy yo‘li sifatida qo‘llanish sohalariga ega. Ro‘yxat – bu barqaror hodisalarning keskin fursatda mavjud holati haqidagi ma’lumotlarni yoppasiga kuzatish yo‘li bilan vaqtma-vaqt to‘plash jarayoni. Asta-sekin bo‘ladigan o‘zgarishlar jamg‘arib, uzoq vaqt o‘tganidan so‘ng bunday hodisalarni yangi holatda gavdalanishiga sabab bo‘ladi, natijada ularning ma’lum keskin fursat holatidagi qiyofasini suratga olish ehtiyoji tug‘iladi. Bunday kuzatishga hodisalarni ro‘yxatga olish yordamida erishiladi. Nisbatan barqarorlik holatiga ega bo‘lgan hodisalarga misol qilib aholi soni va tuzilishi, yer maydonining qishloq xo‘jaligi uchun yaroqligiga qarab taqsimlanishi, korxonalarning ishlab chiqarish turlari bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rsatish mumkin. Ro‘yxatlar muvaffaqiyatli bo‘lishini quyidagi talablar ta’minlaydi: ro‘yxat qisqa muddatda o‘tishi; ro‘yxat bir vaqtning o‘zida butun mamlakat hududida amalga oshishi; ro‘yxatga olish vaqti kuzatilayotgan hodisaning eng kam tebranishga ega bo‘lgan holatiga tenglashtirilishi; har teng vaqt oralig‘ida ro‘yxatlarni takrorlab turish; yangi ro‘yxatni o‘tkazayotganda olinadigan natijalarni taqqoslamaligini ta’minlash niyatida oldingi kuzatish tartibini saqlab qolish kerak. Download 99.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling