2- mavzu: Tarmoq himoyasini tashkil etish. Reja
Fizikaviy himoyalash vositalari —
Download 57.48 Kb.
|
2- mavzu Tarmoq himoyasini tashkil etish. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Хavfsizlikni auditlash tizimlari
- Aniq yo‘naltirilgan testlar
- Dinamik tahlillagichlar
- Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni himoyalashning asosiy yo‘nalishlari
Fizikaviy himoyalash vositalari — maxsus elektron qurilmalar yordamida ma’lumotlarga egalik qilishni taqiqlash vositalaridir.
Mantiqiy himoyalash — dasturiy vositalar bilan ma’lumotlarga egalik qilishni taqiqlash uchun qo‘llaniladi. Тarmoqlararo ekranlar va shlyuzlar — tizimga keladigan hamda undan chiqadigan ma’lumotlarni ma’lum hujumlar bilan tekshirib boradi va protokollashtiradi. Хavfsizlikni auditlash tizimlari — joriy etilgan operatsion tizimdan o‘rnatilgan parametrlarning zaifligini qidirishda qo‘llaniladigan tizimdir. Real vaqtda ishlaydigan xavfsizlik tizimi — doimiy ravishda tarmoqning xavfsizligini tahlillash va auditlashni ta’minlaydi. Stoxastik testlarni tashkillashtirish vositalari — axborot tizimlarining sifati va ishonchliligini tekshirishda qo‘llaniladigan vositadir. Aniq yo‘naltirilgan testlar — axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining sifati va ishonchliligini tekshirishda qo‘llaniladi. Хavflarni imitatsiya qilish — axborot tizimlariga nisbatan xavflar yaratiladi va himoyaning samaradorligi aniqlanadi. Statistik tahlillagichlar — dasturlarning tuzilish tarkibidagi kamchiliklarni aniqlash, dasturlar kodida aniqlanmagan kirish va chiqish nuqtalarini topish, dasturdagi o‘zgaruvchilarni to‘g‘ri aniqlanganligini va ko‘zda tutilmagan ishlarni bajaruvchi qism dasturlarini aniqlashda foydalaniladi. Dinamik tahlillagichlar — bajariladigan dasturlarni kuzatib borish va tizimda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlashda qo‘llaniladi. Тarmoqning zaifligini aniqlash — tarmoq zaxiralariga sun’iy hujumlarni tashkil qilish bilan mavjud zaifliklarni aniqlashda qo‘llaniladi. Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni himoyalashning asosiy yo‘nalishlari Axborotlarni himoyalashning mavjud usul va vositalari hamda kompyuter tarmoqlari kanallaridagi aloqaning xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi evolyutsiyasini solishtirish shuni ko‘rsatmoqdaki, bu texnologiya rivojlanishining birinchi bosqichida dasturiy vositalar afzal topildi va rivojlanishga ega bo‘ldi, ikkinchi bosqichida himoyaning hamma asosiy usullari va vositalari intensiv rivojlanishi bilan xarakterlandi, uchinchi bosqichida esa quyidagi tendensiyalar ravshan bo‘lmoqda: — axborotlarni himoyalash asosiy funksiyalarining texnik jihatdan amalga oshirilishi; — bir nechta xavfsizlik funksiyalarini bajaruvchi himoyalashning birgalikdagi vositalarini yaratish; — algoritm va texnik vositalarni unifikatsiya qilish va standartlashtirish. Kompyuter tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlashda hujumlar yuqori darajada malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishini doim esda tutish lozim. Bunda ularning harakat modellaridan doimo ustun turuvchi modellar yaratish talab etiladi. Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida personal eng ta’sirchan qismlardan biridir. Shuning uchun, yovuz niyatli shaxsga axborot tizimi personalidan foydalana olmaslik chora-tadbirlarini o‘tkazib turish ham katta ahamiyatga ega. Download 57.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling