2- mavzu: test meyor (normalarining) reprezentativligi reja
Psixologiya matematik fan bo‘la oladimi?
Download 32.6 Kb.
|
2- mavzu test meyor (normalarining) reprezentativligi reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik statistika
Psixologiya matematik fan bo‘la oladimi?
Psixologiyani matematikalashtirish - uning barcha sohalariga tarqaladi. Psixologiya yaqin kelajakda qay darajada eksperimental fan bo‘lsa, shu darajada matematik fan xam bo‘lib qoladi. Psixologiyani matematikalashtirishning ahamiyati qanday? Tadqiqot metodikasini tanlashdan avval eksperimentator nimani o‘rganayotgani, olingan natija amaliy va tadqiqotchilik vazifasi talablariga mos kela olishini tasavvur qila olishi kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda bu metodning validligi, ishonchliligi va obyektivligini isbotlash uchun zarur bo‘ladi. Metodikaning validligi deganda uning tadqiqot predmetiga adekvatligi (mosligi) tushuniladi. Miqdoriy validlik ushbu metodika natijalari bilan tashqi o‘lchovlarning o‘zaro aloqasini aniqlashda namoyon bo‘ladi. Masalan, ta’limning muvaffakiyati –o‘quvchining intellektual taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun xam tashqi o‘lchov sifatida uning o‘zlashtirishini olish mumkin. Aytaylik, talabalarning aqliy rivojlanishini o‘rganish uchun test topshiriqlari va o‘zlashtirish bahosi o‘rtasida ijobiy aloqa mavjud bo‘lsa, qo‘llanilgan metodika validlikka ega bo‘ladi. Metodikaning yana bir muxim xususiyati uning ishonchliligi bo‘lib, ushbu metodikaning o‘lchov vositasi sifatida loyiqligida namoyon bo‘ladi. Metodikaning obyektivligi o‘lchash natijalarining undan foydalanuvchi shaxsga bog‘liq emasligida aks etadi. Metodikaning validligi va ishonchliligini tekshirish maqsadida turli statistik o‘lchovlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Matematik statistika – zamonaviy matematikaning alohida sohasi bo‘lib, ehtimollar nazariyasi va tasodifiy xodisalarni o‘lchash qonuniyatlari va usullarini topish bilan shug‘ullanadi. Psixik xodisalar - bu sifat ko‘rsatkichlaridir. Mutaxassislar «O‘lchov bo‘lmagan joyda fan bo‘lmaydi» - deb ta’kidlagan. Psixologiya o‘lchash mumkin bo‘lgan psixologik xodisalarga va o‘lchash mumkin bo‘lmagan psixik xodisalarga bo‘linadi. Xuddi shunday, psixik xodisalarning ham o‘lchanadigan va o‘lchab bo‘lmaydigan turlari mavjud. Psixikaning o‘lchash mumkin bo‘lmagan jihatlari - psixikaning mazmunini tashkil etadi. Psixikaning o‘lchash mumkin bo‘lgan jihatlari - psixikaning shakliy dinamik jihatini tashkil etadi. Psixologiyada sifat va miqdor bir biridan ajralmasdir. Miqdorda psixikaning sifati aks etadi. Har qanday sifat qaysidir ko‘rinishda miqdorda aks etadi. Sifat xaqida faqat miqdorga asoslanib xulosa chiqarish mumkin. Agar sifatni oshirish zarurati tug‘ilsa, birinchi navbatda mikdorga murojat etiladi. Xudi shunday psixikaga miqdoriy jihatdan yondashish uning sifatini mo‘ljal olishga qaratilgan bo‘ladi. Psixikaga miqdoriy jihatdan yondoshishgina ilmiy xisoblanadi. Miqdor faqat raqamlarda ifodalanadi, raqamlar bilan esa turli shakldagi tahlil amalga oshiriladi ( balandlik, kenglik, hajm va xakozo). Statistik tahlil usuli universal xisoblanadi. Miqdoriy tahlilni bilmagan kishi hayotda ko‘p narsani yo‘qotadi. O‘lchov nazariyasi fikricha psixologiyada qo‘llaniladigan barcha o‘lchov usullari psixologik o‘lchov shkalalarini tuzishdan iboratdir. Ko‘pchilik psixologlar fikricha shkalalashtirish-psixik jarayon va xolatlarni o‘lchash uchun qo‘llaniladigan eksperimental va matematik usullar yig‘indisidan iboratdir. Ko‘pincha shkalalashtirishga o‘lchash so‘zi sinonim qilib quyiladi. Psixologik jarayon, xususiyat, obyekt va xodisalarni shkalalashtirish deganda muayyan qoidalar asosida ularni sonlarga tenglashtirish tushuniladi. Bunda sonlarning o‘zaro nisbati bu xodisalar o‘rtasidagi nisbatni aks ettirishi kerak bo‘ladi. Sonlar u yoki bu xususiyatning modeli vazifasini bajaradi. Shu yo‘l bilan shkalalashtirish psixologiyani faktlarni tasvirlovchi fandan ayrim faktlarni oldindan aytish imkonini beradigan fanga aylantiradi. Tadqiqot xususiyatiga qarab turli o‘lchov shkalalarining tiplarini qo‘llash mumkin. O‘lchov - bu raqamlarni ma’lum qoida asosida obyekt va uning xususiyatlari bilan chog‘ishtirishdir. Bu qoidalar raqamlarning ayrim xususiyatlari bilan obyektning ayrim xususiyatlari o‘rtasida mutanosiblikni shakllantiradi va shakllangan mutanosiblikning darajasiga ko‘ra shkalalar quyidagi tiplarga ajratiladi: Download 32.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling