2- mavzu: Tibbiyot tovarlari, ularning tasnifi reja
Download 0.84 Mb.
|
маруза 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiy buyumlar
- Tibbiy texnika
1.1 rasm
Chizmadan ko’rinib turibdiki, tibbiy tovarlar turkumi ashyolar va buyumlar (tushunchalari yuqorida berilgan) turlaridan tarkib topadi. Tibbiy buyumlar tibbiy texnika guruhini, tibbiy maqsaddagi buyumlar va in vitro tashis buyumlarini o’z ichiga oladi. Tibbiy tovarlarning bunday guruhlar bo’yicha taqsimoti, ularni tovarshunoslik tahlil yordamida to’g’ri o’rganib chiqish imkonini beradi. Endi, asosiy atamalar va tushunchalarga ega bo’lib, tibbiy tovarlarning o’ziga xos xususiyatlarini farqlaganimizdan keyin, u bo’yicha tasniflash o’tkaziladigan alomatni ajratib olishimiz kerak. Har qanday tibbiy tovarning eng muhim (asosiy farqlanuvchi) xususiyati - uning maqsadi, ya’ni uning bajaradigan funktsiyasidan iborat (lat. Functio - ijro). Tibbiy tovarlarni, ularning funktsional vazifasi bo’yicha tasniflash tamoyili rus olimlari tomonidan tavsiya qilingan. Ajratish uchun asos sifatida qabul qilingan tibbiy buyumlarning funktsional vazifasi tashhis qo’yish va davolash jarayonida uning o’ziga xos tutgan o’rnini aniq belgilash va tasniflashda tegishli o’rinni egallash imkonini beradi. Ajratish uchun qabul qilingan asos – funktsional vazifasi – tibbiy buyumlarning tasniflanishi davomida boshqa alomatlar bilan almashib qolmasligi lozim. Ushbu talab har qanday boshqa tasniflarni yaratish uchun asos bo’lib qolishi zarur. Tibbiy tovarlarning funktsional maqsadidan foydalangan holda ular quyidagicha tasniflanadi. Ashyolar - davolash – kasallikni oldini olish jarayonida bir marta foydalanish va shundan so’ng yo’qotiladigan tibbiy tovarlar guruhidir (bog’lash, tikish ashyolari va boshqalar). Buyumlar – bir necha marta foydalaniladigan pishiq ashyolardan tayyorlanadigan tibbiy tovarlar guruhidir. Mazkur guruhga asboblar, apparatlar, uskunalar, tibbiy maqsadlardagi buyumlar hamda in vitro tashhis buyumlari birlashtirilgan. Tibbiy buyumlar - tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan asboblar, moslamalar, qurilmalar, priborlar, apparatlar, to’plamlar, uskunalar, reagentlar, nazorat materiallari va h.k. Tibbiy buyumlarning asosiy maqsadi – kasallikni oldini olish(profilaktika), tashhis qo’yish, kasalliklarni davolash, nogironlarni salomatligini tiklash( reabilitatsiya qilish), tibbiy muolajalarni o’tkazish va boshqalarga mo’ljallangan. Tibbiy texnika – bu tibbiyot amaliyotida foydalanishga mo’ljallangan tibbiy texnika buyumlari, xamda tibbiy maqsadga ega bo’lgan ularning tarkibiy qismlari: priborlar, apparatlar, uskunalar, to’plamlar. Tibbiy asboblar - bu profilaktik, tashhis qo’yish, davolash, tekshirish muolajalarini o’tkazish uchun mo’ljallangan texnik vositalar. Tibbiy asboblar asosan ixtisoslashtirilgan korxonalarda nomenklatura bo’yicha tayyorlanadigan eng ko’p sonli tibbiy buyumlar guruhidir. Tibbiy asboblarni ko’p miqdorda ishlab chiqarish, asboblarning turli zamonaviy assortimentini ko’paytirish va kengaytirish yangi texnologiyalarning rivojlanishiga bog’liqdir.Tovarlar nomenklaturasida umumiy jarrohlik va maxsus (neyrojarrohlik, oftalmologiya, abdominal jarrohlik va shu kabilar) operatsiyalarga mo’ljallangan jarrohlik asbob-uskunalari salmoqli o’rin tutadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling