2- oraliq nazorat. Savol – javob. 1-savol. Bosh skeleti nechta bo’limdan iborat ?


-savol. Pastki jag’ suyagi shoxlari – ramus mandibulae va undagi hosilalarni ayting haqida ayting ?


Download 49.61 Kb.
bet15/16
Sana28.02.2023
Hajmi49.61 Kb.
#1236892
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2-oraliq nazorat

40-savol.
Pastki jag’ suyagi shoxlari – ramus mandibulae va undagi hosilalarni ayting haqida ayting ?
Pastki jag’ suyagi shoxi old tomondagi tojsimon o’simtasi – processus coronoideus chakka muskuli bilan birlashsa , orqa tomondagi do’ngsimon o’simtasi – processus condylaris chakka suyagidagi pastki jag’ chuqurchasi - fossa mandibularis bilan birikib pastki jag’ bo’g’imini hosil qiladi. Do’ngsimon o’simta - processus condylaris bo’yin qismi – collum mandibulae va boshchasi – caput mandibulae orasida tashqi qanotsimon muskul - m. pterygoideus lateralis birikadigan chuqurcha – fovea pterygoidea joylashgan. Tojsimon o’simta – processus coronoideus bilan do’ngsimon o’simta – processus condylaris orasida hosil bo’ladigan pastki jag’ o’ymasi – incisura mandibulae dan pastda , pastki jag’ shoxi – ramus mandibulae ning ichki yuzasida pastki jag’ kanali – canalis mandibulae boshlanadigan teshik – foramen mandibulae va teshik atrofida o’simta tilcha - lingula mandibulae joylashgan bo’lib , undan pastga va oldinga ya’ni pastki jag’ tanasi tomon yo’nalgan pastki jag’ – til osti suyagi egati – sulcus mylohyoideus ayrim hollarda suyak plastinka bilan bekilib pastki jag’ – til osti kanali – canalis mylohyoideus ni hosil qiladi. Pastki jag’ shoxi – ramus mandibulae ning ichki yuzasida joylashgan teshik – foramen mandibulae dan boshlanadigan ichida qon tomir va nervlar bo’lgan kanal - canalis mandibulae pastki jag’ tanasi tashqi yuzasidagi engak teshigi – foramen mentale da yakunlanadi.
Quyida sohalar qayerda joylashgan va ulardan nimalar o’tadi?

1. Ko‘ruv kanali (canalis opticus) — ko‘z arteriyasi ( arteria ophtalmica ) va ko‘ruv nervi ( n.opticus ) o‘tadi.
2. Ko‘z kosasining yuqori tirqishi (fissura orbitalis superior) — oldingi bosh miya pardasi arteriyasi, oldingi g‘alvirsimon arteriya tarmog‘i, ko‘zning yuqori venasi (sinus cavernosus'ga quyiladi), ko‘zni harakatlantiruvchi nerv (n. oculamotorius), g‘altak nervi (n. trochlearis), ko‘zni uzoqlashtiruvchi nerv (n. abducens), uch shoxli nerv (n. trigeminus)ning birinchi shoxi (n. ophtalmicus - ko‘z nervi) o‘tadi.

Download 49.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling