2- oraliq nazorat. Savol – javob. 1-savol. Bosh skeleti nechta bo’limdan iborat ?


-savol. Yuqori jag’ suyagi yuzalari va o’siqlarini ayting ?


Download 49.61 Kb.
bet11/16
Sana28.02.2023
Hajmi49.61 Kb.
#1236892
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2-oraliq nazorat

29-savol.
Yuqori jag’ suyagi yuzalari va o’siqlarini ayting ?



Yuqori jag’ suyagi
O’siqlari



Yuqori jag’ suyagi
Yuzalari



1

Peshona suyagi bilan birlashadigan, yuqori tarafga yo‘nalgan o’siq

Processus frontalis

Oldingi yuza

Facies anterior

2

Tanglay
suyagi bilan birlashadigan o’siq

Processus palatinus

Ko‘z kosasi yuzasi

Facies orbitalis

3

Yonoq suyagi bilan
birlashadigan o’siq

Processus zygomaticus

Chakka osti yuzasi

Facies infratemporalis

4

Tishlar joylashadigan o’siq

Processus alveolaris

Burun yuzasi

Facies nasalis




30-savol.
Yuqori jag’ suyagi oldingi yuzasi haqida ayting ?
Yuqori jag’ oldingi yuzasi – facies anterior medial tomondan oldingi burun o’simtasi – spina nasalis anterior bo’lib davom etadigan burun o’ymasi – incisura nasalis , lateral tomondan – yonoq o’sig’i- processus zygomaticus , yuqoridan ko’z kosasi ostki qirrasi – margo infraorbitalis , pastdan alveolar bo’rtmalar – juga alveolaris orqali chegaralanadi. Oldingi yuzada margo infraorbitalis dan pastda joylashgan nerv va qon tomirlar chiqadigan ko’z osti teshigi – foramen infraorbitale va undan biroz pastroqda joylashgan it chuqurchasi – fossa canina ni ko’rish mumkin.
31-savol.
Yuqori jag’ suyagi ko’z kosasiga qaragan yuzasi haqida ayting ?
Yuqori jag’ suyagining ko’z kosasi pastki devorini hosil qilishda ishtirok etadigan ko’z kosasi yuzasi – facies orbitalis uchburchak shaklda bo’lib , medial chekkasi - margo medialis ni ko’z yosh o’ymasi – incisura lacrimalis ga kelib birikadigan ko’z yosh suyagi – os lacrimale , tanglay suyagi perpendikulyar plastinkasida oldinga va lateral yo’nalgan ko’z kosasi o’simtasi – processus orbitalis , g’alvirsimon suyakning ko’z kosasiga qaragan plastinkasilamina orbitalis ; old-lateral chekkaasi – margo anteriolateralis ni ko’z kosasi osti qirrasi – margo infraorbitalis ; orqa chekkasi – margo posterior ni ko’z kosasining pastki yorig’i – fissure orbitalis inferior chegaralab turadi. Facies orbitalis tubida ko’z kosasining pastki yorig’i – fissura orbitalis inferior dan boshlanib , ko’z kosasi osti kanali – canalis infraorbitalis ga yo’naladigan va yuqori jag’ oldingi yuzasida joylashgan ko’z kosasi osti teshigi – foramen infraorbitale da tugallanadigan ko’z kosasi egati – sulcus infraorbitale joylashgan bo’ladi. Canalis infraorbitalis tubida, yuqori jag’ suyagi ichida kesuv va kichik oziq tishlariga nerv va qon tomirlar yo’naladigan yuqorigi old va o’rta alveolar teshik – foramina alveolaria superior anterior et media mavjud.


Download 49.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling