2- oraliq nazorat. Savol – javob. 1-savol. Bosh skeleti nechta bo’limdan iborat ?


-savol. Yuqori jag’ suyagi burun yuzasi haqida ayting ?


Download 49.61 Kb.
bet12/16
Sana28.02.2023
Hajmi49.61 Kb.
#1236892
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2-oraliq nazorat

32-savol.
Yuqori jag’ suyagi burun yuzasi haqida ayting ?

Yuqori jag’ suyagining burun bo’shlig’i lateral devorini hosil qilishda ishtirok etadigan yuzasi – facies nasalis g’alvirsimon suyak , tanglay suyagi perpendicular plastinkasi va pastki burun chig’anog’i bilan o’zaro birikadi. Facies nasalis yuqori jag’ tirqishi – hiatus maxillaris orqali corpus maxillae dagi Gaymor bo’shlig’i – sinus maxillaris bilan bog’lanadi. Facies nasalis old-yuqori qismida ko’z yosh suyagidagi egat – sulcus lacrimalis bilan birgalikda burun ko’z yoshi kanali – canalis nasolacrimalis ni hosil qiladigan ko’z yoshi egati – sulcus lacrimalis ; ort – yuqori sohada esa tanglay suyagining katta tanglay egati – sulcus palatinus major bilan birga katta tanglay kanali – canalis palatinus major ni hosil bo’lishida ishtirok etadigan katta tanglay egati – sulcus palatinus major mavjud.



33-savol.
Yuqori jag’ suyagi chakka osti yuzasi haqida ayting ?
Yuqori jag’ suyagining qanot-tanglay va chakka osti chuqurchalarini hosil qilishda ishtirok etadigan chakka osti yuzasi – facies infratemporalis ni old yuza – facies anterior dan yuqori jag’ning yonoq o’sig’i – processus zygomaticus asosi ajratib turadi. Facies infratemporalis da joylshgan yuqori jag’ bo’rtig’i – tuber maxillae sohasida alveolar kanal – canalis alveolaris ga davom etadigan yuqori – orqa alveolar teshik – foramina alveolaria superior posterior joylashgan bo’lib , u orqali yuqori jag’ tishlari qon tomir va nervlari o’tadi.
34-savol
Yuqori jag’ suyagi peshona o’sig’i haqida ayting ?

Yuqori jag’ suyagining peshona o’sig’i - processus frontalis medial tomondan – burun suyagi – os nasale ; lateral tomondan – ko’z kosasi – orbita ; yuqoridan – peshona suyagi burun qismi – pars nasalis ossis frontalis ; orqadan – ko’z yoshi suyagi – os lacrimale bilan chegaralanadi.Yuqori jag’ suyagi peshona o’sig’i - processus frontalis ning facies nasalis ossis maxillae ga qaragan ichki yuzasidagi ko‘z yoshi egati - sulcus lacrimalis bilan ko’z yosh suyagi lateral yuzasida joylashgan ko‘z yoshi egati - sulcus lacrimalis birgalikda ko’z yoshi xaltachasining chuqurchasi - fossa sacci lacrimalis ni hosil bo’lishida ishtirok etadi . U o’z navbatida burun - ko’z yosh kanali – canalis nasolacrimalis ga davom etadi va kanal esa pastki burun yo’li – meatus nasalis inferior ga ochiladi. Bundan tashqari yuqori jag’ suyagi peshona o’sig’i - processus frontalis ning facies nasalis ossis maxillae ga qaragan ichki yuzasida o’rta burun chig’anog’i kelib birikadigan o’rtaroqda joylashgan g’alvirsimon qirra – crista ethmoidalis va biroz pastroqda pastki burun chig’anog’i kelib birikadigan chig’anoq qirrasi – crista conchalis ni ko’rish mumkin.




Download 49.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling