20-savol.
Chakka suyagi necha qismdan iborat va uning margolarini ayting?
Chakka suyagi - os temporale bir juft bo’ lib, ensa, tepa va ponasimon suyaklar orasida joylashgan. Shu sababdan uning margo occipitalis, margo parietalis, margo sphenoidalis qirralari bo’ladi.
Chakka suyagida quyidagi qismlar mavjud: palla yoki tangasimon qismi - pars squamosa, nog‘ora qismi - pars tympanica, piramida yoki toshsimon qismi - pars petrosa va so’rg’ichsimon qism – pars mastoidea.
21-savol.
Chakka suyagi palla yoki tangasimon qismi - pars squamosa dagi yuzalari va hosilalarni ayting ?
- Tashqi yuzasi – facies temporalis , ichki bosh miyaga qaragan yuzasi – facies cerebralis.
- Yonoq suyaklari bilan birlashadigan o’simta - processus zygomaticus
- Bu o’simtaning asosida pastki jag’ suyagining boshchasi bilan bo’g’im hosil qiluvchi pastki jag’ chuqurchasi - fossa mandibularis, uning oldida bo’g’imni mustahkamlab turuvchi do’mboq - tuberculum articulare bo’ladi.
Chuqurchaning orqa tarafidagi tepalik esa tuberculum retroarticulare deb ataladi va orqa tarafda linea temporalis chizig’iga davom etadi.
22-savol.
Chakka suyagi nog‘ora qismi - pars tympanica hosilalarni ayting ?
Chakka suyagining nog’ora qismidan tashqi eshituv teshigi - porus acusticus externus tashqi eshituv yo’li - meatus acusticus
externus ga davom etadi.
Toshsimon - palla tirqishi - fissura petrosquamosa,
Toshsimon - nog‘ora tirqishi - fissura petrotympanica.
Nog’ora so’rg’ichsimon tirqish - fissura tympanomastoidea
Bu tirqishlardan nervlar o‘tadi.
Katta va kichik nog’ora qirrasi - Spina tympanica major et minor
Nog’ora o’ymasi - Incisura tympanica
Do'stlaringiz bilan baham: |