2- oraliq nazorat. Savol – javob. 1-savol. Bosh skeleti nechta bo’limdan iborat ?


-savol. Ensa suyagi ( os occipitale ) necha qismdan iborat . Uning chekkalarini ayting , ?


Download 49.61 Kb.
bet2/16
Sana28.02.2023
Hajmi49.61 Kb.
#1236892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2-oraliq nazorat

4-savol.
Ensa suyagi ( os occipitale ) necha qismdan iborat . Uning chekkalarini ayting , ?
Ensa suyagi 4 qismdan iborat bo’lib, bu qismlar ensa suyagining katta teshigi – foramen magnum atrofida joylashadi.

1.Pars basillaris - suyakning oldingi tarafida asosiy qismi ( tanasi )


2.Pars lateralis - ikki lateral tarafidagi suyakning yon bo’laklari
3.Pars squamosa (squama occipitalis ) - suyakning orqa tarafidagi serbar qism
Chekkalari:
1. Margo mastoidea - Ensa suyagining chakka suyagidagi so’rg’ichsimon o’simtaga birikish cheti
2. Margo lambdoideus - Ensa suyagining tepa suyaklari bilan birikish cheti


5-savol.
Ensa suyagi ( os occipitale ) pars basillarisiga tegishli hosilalarni ayting , ?

Ensa suyagi pars basillarisiga tegishli hosilalar:
1. Clivus – uzunchoq miya joylashadigan silliq yuza nishab
2. Tuberculum pharyngeum - tashqi yuzada halqum bo’rtig’i
3. Sulcus sinus petrosi inferiores – Ensa suyagi asosining yon taraflariga chakka suyagining toshsimon qismi birlashadi. Shu sohaning ichki yuzasida pastki toshsimon venaning egati - sulcus sinus petrosi inferioris hosil bo’ladi.


6- savol.
Ensa suyagi pars lateralisiga tegishli hosilalarni ayting ?

  1. Condylus occipitalis - Ensa suyagi yon bo’lagining pastki yuzasida ellips shaklidagi bo’g’im bo’rtig’i bo’lib, bu bo’rtiq vositasida birinchi bo’yin umurtqasining bo’g’im chuqurchalari bilan birlashadi.

  2. Fossa condylaris - Bo’g’im bo’rtiqlarining orqasida joylashgan chuqurcha

  3. Canalis condylaris - fossa condylarisning tubida ba’zi paytda vena qon tomiri uchun hosil bo’lgan teshik uchraydi

  4. Ensa suyagi bo’g’im bo’rtig‘ining(Condylus occipitalis) ustida til
    osti nervi uchun kanal - canalis hypoglossalis hosil bo’ladi

  5. Ensa suyagi yon qismlarining medial qirrasi ensaning katta teshigini hosil qilsa, tashqi qirrasi chakka suyagi bilan birlashadi. Bu sohada bo’yinturuq o’ymasi - incisura jugularis bo’lib, chakka suyagidagi shu nomli o’yma bilan qo’shilishi natijasida bo’yinturuq ( foramen jugularis ) teshigini hosil qiladi.

  6. Shuningdek, bu sohada o’simta - processus jugularis, bo’rtiq - tuberculum jugulare va ichki bo’yinturuq o’simtasi - processus intrajugularis uchraydi.




Download 49.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling