2- oraliq nazorat. Savol – javob. 1-savol. Bosh skeleti nechta bo’limdan iborat ?
-savol. Ponasimon suyakning kichik qanoti haqida ayting ?
Download 49.61 Kb.
|
2-oraliq nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- - fissura orbitalis superior
17-savol.
Ponasimon suyakning kichik qanoti haqida ayting ? Ponasimon suyakning kichik qanoti suyak tanasi bilan gorizontal tekislikda birlashadi. Birlashish joyida ko‘ruv nervi o‘tadigan kanal – canalis opticus hosil bo‘ladi. Kichik qanotlaming ustki yuzasi kalla bo‘shlig‘iga qaragan bo‘lsa, pastki yuzasi esa ko‘z kosasini hosil bo‘lishida qatnashadi. Kichik va katta qanotlar orasida ko‘z kosasiga ochiladigan yuqorigi tirqish - fissura orbitalis superior hosil bo‘ladi. 18-savol. Ponasimon suyakning katta qanoti yuzalari va qirralarini ayting ? Katta qanotlarda 4 ta yuza va 4 ta qirra tafovut etiladi. Ichki yuza - facies cerebralis miyaga qaragan yuzada quyidagi teshiklar ko‘rinadi: yumaloq teshik - foramen rotundum, cho‘zinchoq teshik - foramen ovale, qirrali teshik —foramen spinosum. Chakka yuzasi - facies temporalis tashqi tarafda bo‘lib, chakka osti qirrasi - crista infratemporalis vositasida ikki yuzaga bo’linadi. Ustki yuza - chakka chuqurchasini hosil etishda qatnashsa, pastki yuza esa chakka osti chuqurchasini chegaralab turadi. Katta qanotning ko‘z kosasiga qaragan yuzasi – facies orbitalis ko‘z kosasining tashqi devorini hosil qilishda qatnashadi. Bu yuzalardan tashqari, katta qanotda yuqori jag’ yuzasi - facies maxillaris ham mavjuddir. Katta qanot qirralar vositasida chakka suyagi pallasi, yonoq, tepa va peshona suyaklari bilan birlashadi va ular margo squamosus, margo zygomaticus, margo parietalis, margo frontalis deb ataladi. 19-savol. Ponasimon suyakning qanotsimon o’simtalariga tegishli hosilalarni ayting ? Ponasimon suyak tanasidan pastki tarafga yo’nalgan qanotsimon o’simtalar - processus pterygoidus, ichki va tashqi plastinkalar - laminae medialis et laminae lateralis ga ajraladi. Bu plastmkalaming orqa yuzasidagi chuqurchaga fossa pterygoidea deyiladi. Bu ikki plastinkalar orasida o‘yma - incisura pterygoidea uchraydi va tanglay suyagi bilan to’lib turadi. Qanotsimon o‘simtalar oldingi yuzasida katta tanglay egatchasi - sulcus palatinus major bo‘ladi. Bu egatning tanglay va yuqorigi jag’ suyaklaridagi xuddi shunday egatlar bilan qo’shilishidan tanglay kanali – canalis palatinus major hosil bo’ladi. Qanotsimon o’simtalaming asosida canalis pterygoideusjoylashadi. O‘simtaning tashqi plastinkasi qisqaroq bo‘ladi va unda qanotsimon-qirrali o’siq - processus pterygospinosus mavjud.. Ichki plastinkasining uchida esa ilmoqsimon o‘simta - hamulus pterygoideus joylashadi. Download 49.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling