5. Ichki ensa bo‘rtig‘ining ikki yon tarafida ko‘ndalang vena egati - sulcus sinus transversi joylashadi. O‘z navbatida, bu egat - sulcus sinus sigmoidei
S-simon vena egatiga davom etadi.
6. Ichki yuzada ensa vena sinusining egati - sulcus sinus occipitalis ko‘rinadi.
9-savol.
Tepa suyagi ( os parietale ) ning yuzalari, qirralari, burchaklarini ayting ?
Tepa suyagi - os parietale ning 2 ta yuzasi, 4 ta qirrasi , 4 ta burchagi mavjud:
1.Facies externa - tashqi yuzasi
2.Facies interna – ichki yuzasi
1. Oldingi qirrasi - margo anterior ( frontalis ) peshona suyagi bilan
2. Orqa qirrasi - margo posterior ( occipitalis ) ensa suyagi bilan
3. Pastki qirrasi - margo inferior ( squamosus ) chakka suyagining pallasi bilan
4. Yuqori qirrasi - margo superior ( sagitalis ) vositasida o‘zaro birikadi
1. Oldingi qirra sohasida yuqori burchak - angulus frontalis ( angulus anterior superior )peshona suyagi bilan birikadi
2. Oldingi qirra sohasida pastki burchak - angulus sphenoidalis ( angulus anterior inferior ) esa ponasimon suyakka tegib turadi.
3. Orqa qirra sohasidagi yuqori burchak - angulus occipitalis ( angulus posterior superior ) ensa suyagi bilan birlashadi.
4. Orqa qirra sohasidagi pastki burchak - angulus mastoideus ( angulus posterior inferior ) chakka suyagining so‘rg‘ichsimon o'simtasiga tutashadi.
10-savol.
Peshona suyagi qanday qismlardan va uning chekkalari ( margo ) ni ayting ?
1.Serbar palla qismi – pars squamosa ( squama frontalis )
2. Burun qismi - pars nasalis
3. Juft bo‘lgan ko‘z kosasi qismi - partes orbitals
Do'stlaringiz bilan baham: |