2- oraliq nazorat. Savol – javob. 1-savol. Bosh skeleti nechta bo’limdan iborat ?


-savol. Pastki jag’ suyagi qanday qismlardan iborat va pastki jag’ burchagi – angulus mandibulae dagi hosilalarni ayting ?


Download 49.61 Kb.
bet14/16
Sana28.02.2023
Hajmi49.61 Kb.
#1236892
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2-oraliq nazorat

37-savol.
Pastki jag’ suyagi qanday qismlardan iborat va pastki jag’ burchagi – angulus mandibulae dagi hosilalarni ayting ?
Pastki jag’ suyagi – mandibula ning 2 asosiy qismi ya’ni vertikal yo’nalgan shoxlar – ramus mandibulae va gorizontal joylashgan tana – corpus mandibulae pastki jag’ burchagiangulus mandibulae vositasida o’zaro birikadi. Pastki jag’ tanasi asos – basis hamda tishlar joylashadigan alveolar qism – pars alveolaris dan iborat. Pastki jag’ burchagi – angulus mandibulae tashqi yuzasida chaynov muskullari kelib birikadigan g’adir – budirlik – tuberositas masseterica , ichki yuzasida esa medial qanotsimon muskul – m. pterygoideus medialis birikadigan g’adir-budirlik – tuberositas pterygoidea mavjud.
38-savol.
Pastki jag’ suyagi alveolar qismi haqida ayting ?

Pastki jag’ tanasining alveolar qismi – pars alveolaris yuqori qismidagi tish ildizlari joylashadigan katakchalar - alveola dentales katakchalararo to’siq – septa interalveolaria vositasida ajratilgan bo’lib , uning oldingi devorida bo’rtmalar - juga alveolaris mavjud. 2 tadan ildizga ega bo’lgan katta oziq tishi joylashadigan katakcha o’z ichida ichki to’siq – septa interradiculari orqali 2 ga ajraladi. 3- katta oziq tishi – dentes molar tertius ning orqa sohasi fossa retromolaris deb ataladi. Pars alveolaris yarim oysimon shaklda bo’lib alveolar ravoq – arcus alveolaris ni hosil qiladi.



39-savol.
Pastki jag’ suyagi asos qismi haqida ayting ?
Pastki jag’ tanasining asos – basis qismi ichki yuzasida pastki jag’ – til osti suyagi egati – sulcus mylohyoideus dan pastroq va medialroq , tahminan 5-7 – tishlar sohasida jag’ osti so’lak bezi chuqurchasi – fovea submandibularis joylashgan bo’lib , undan yuqorida til osti so’lak bezi chuqurchasi – fovea sublingualis , pastda va medial sohada esa 2 qorinchali mushak – m.digastricus kelib birikadigan chuqurcha – fossa digastrica mavjud. Asos qism ichki yuzasi markazida engak til osti mushagi – m. geniohyoideus birikadigan engak o’simtasi – spina mentalis , asos qism tashqi yuzasi markazida esa engak bo’rtig’i – protuberantia mentalis , uning 2 yon tomonida esa engak do’mbog’i – tuberculum mentale joylashgan . Engak do’mbog’i – tuberculum mentale dan yon tomonida 4-5- tishlar sohasida engak teshigi – foramen mentale mavjud. 5-6- tishlar sohasida esa mushaklar kelib birikadigan qiyshiq chiziq – linea obliqua joylashgan.


Download 49.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling