2- oraliq nazorat. Savol – javob. 1-savol. Bosh skeleti nechta bo’limdan iborat ?


-savol Yuqori jag’ suyagi tanglay o’sig’i haqida ayting ?


Download 49.61 Kb.
bet13/16
Sana28.02.2023
Hajmi49.61 Kb.
#1236892
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2-oraliq nazorat

35-savol
Yuqori jag’ suyagi tanglay o’sig’i haqida ayting ?

Yuqori jag’ suyagining tanglay o’simtasi - processus palatinus ni yon tomondan – yuqori jag’ suyagi alveolar o’sig’i - processus alveolaris ossis maxillae ; ichki tomonda qarama – qarshi joylashgan yuqori jag’ suyagining tanglay o’simtasi - processus palatinus ; orqadan tanglay suyagi gorizontal plastinkasi – lamina horizontalis ossis palatini chegaralab turadi. Ayrim hollarda yuqori jag’ suyagining tanglay o’simtasi - processus palatinus lar o’zaro birikkan medial qirralari qalinlashib, bo’ylama tanglay tepaligi – torus palatinus ni hosil qilishi mumkin. Processus palatinus ichki tarafida joylashgan dimog’ suyagi bilan birikadigan burun qirrasi – crista nasalis old tomonda burunning oldingi o’tkir qirrasi – spina nasalis anterior bo’lib tugaydi. Processus palatinus ning yuqori yuzasi burun bo’shlig’i tubini hosil qiladi. Pastki yuza g’adir-budir bo’lib,qattiq tanglay - palatum osseum ni hosil qilishda ishtirok etadi va unda qon tomir va nervlar o’tadigan egat – sulci palatini ko’rish mumkin. Pastki yuza old tomonida joylashgan kurak tishlari sohasidagi teshik – foramen incisivum burun va og’iz bo’shlig’iga ochiladigan kurak tishlari sohasidagi kanal – canalis incisivus ga davom etadi.




36-savol.
Yuqori jag’ suyagi alveolar o’sig’i haqida ayting ?

Yuqori jag’ suyagining alveolar o’simtasi – processus alveolaris pastki qismidagi tish ildizlari joylashadigan katakchalar - alveola dentales katakchalararo to’siq – septa interalveolaria vositasida ajratilgan bo’lib , uning oldingi devorida bo’rtmalar - juga alveolaris mavjud. 3 tadan ildizga ega bo’lgan katta oziq tishi joylashadigan katakcha o’z ichida ichki to’siq – septa interradiculari orqali 3 ga ajraladi. Processus alveolaris yarim oysimon shaklda bo’lib alveolar ravoq – arcus alveolaris ni hosil qiladi. O’simtaning tanglayga qaragan yuzasi – facies palatinus , og’iz bo’shlig’i dahlizini hosil qilishda ishtirok etadigan tashqi yuzasi – facies vestibularis deb ataladi.





Download 49.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling