7-savol .
Ensa suyagi pars squamosasi facies externasiga tegishli hosilalarni ayting ?
Ensa suyagi pars squamosasi 2 ta yuzasi farqlanadi:
1. Facies externa
2. Facies interna
Ensa suyagi pars squamosasi facies externasiga tegishli hosilalar:
1. Protuberentia occipitalis externa - ensa bo‘rtig‘i
2. Crista occipitalis externa - ensa bo‘rtig’idan pastga qarab yo’nalgan ensa suyagining tashqi qirrasi
- Bu qirra o‘z yo'lida mushaklar birikishi natijasida hosil bo‘lgan va qirraga nisbatan ko‘ndalang yo‘nalgan chiziqlar bilan kesishadi:
1. Eng yuqoridagi chiziq - linea nuchae supreme
2. Pastki chiziq - linea nuchae inferior
3. Eng yuqori va pastki chiziq orasida - linea nuchae superior
Chiziqlar orasidagi maydonlar - planum occipitale deyiladi.
3. Margo mastoidea - Ensa suyagining chakka suyagidagi so’rg’ichsimon o’simtaga birikish cheti
4. Margo lambdoideus - Ensa suyagining tepa suyaklari bilan birikish cheti
8- savol.
Ensa suyagi pars squamosasi facies internasiga tegishli hosilalarni ayting ?
Ensa suyagi pars squamosasi 2 ta yuzasi farqlanadi:
1. Facies externa
2. Facies interna
Ensa suyagi pars squamosasi facies internasiga tegishli hosilalar:
1. Pallaning ichki yuzasi xochsimon tepa - eminentia cruciformis vositasida 4 ta yuzaga bo‘lingan.
Ensa suyagining ichki yuzasi yuqori qismida - bosh miya joylashadigan chuqurcha - fossa cerebralis , pastki qismida - miyacha joylashadigan chuqurcha - fossa cerebellaris bo‘ladi.
2. Eminentia cruciformisning o‘rtasida ichki ensa bo‘rtig‘i - protuberentia occipitalis interna joylashadi.
3. Protuberentia occipitalis internadan pastki tarafga ensa suyagining ichki qirrasi - crista occipitalis interna yo‘naladi.
4. Protuberentia occipitalis internadan yuqori tarafga yuqori sagittal vena egati - sulcus sinus sagittalis superioris yo‘naladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |