2- topshiriq bilish mavzusiga Klaster tuzish


Harakat va uning asosiy shakllari to’g’risida so’zlab bering


Download 37.07 Kb.
bet3/7
Sana03.02.2023
Hajmi37.07 Kb.
#1155745
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 topshiriq

5.Harakat va uning asosiy shakllari to’g’risida so’zlab bering
Harakat — borliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (qarang Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon H. tufayli sodir boʻladi. Har qanday oʻzgarish — H.dir. Oʻzgarishlar faqat moddiy obʼyektlarga emas, balki maʼnaviy, gʻoyaviy obʼyektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki gʻoyaviy) obʼyektning mavjudligi undagi H. va oʻzgarishlar tufayli namoyon boʻladi. Shu sababli H. borliqning asosiy mavjudlik shaklidir.
6.Fazo va vaqt nima?
Fazo va vaqt yoki Makon va zamon — borliqning umumiy yashash shakllari; fazo dunyoni tashkil etuvchi obʼyektlar va ulardagi tarkibiy nuqtalarning oʻzaro joylashish tartibi, koʻlami va miqyosini ifoda etsa, vaqt dunyoda sodir boʻluvchi xodisa va jarayonlarning ketma-ket roʻy berishi va davomiyligini ifodalaydi. Fazo va vaqtning tabiati hamda mohiyati haqida qadimdan faylasuflar xilma-xil nuqtai nazarni ilgari surgan.
Ularni umumlashtirib 2 ga: substansial va relyatsion konsepsiyaga ajratish mumkin. Substansial konsepsiyada fazo va vaqtning mutlaq jihatlari, relyatsion konsepsiyada esa ularning nisbiy jihatlari mutlaqlashtiriladi.
7.Qanday qoidalar borliq kategoriyasining mazmunini ochib beradi?
Real va xayoliy borliq oʻrtasida alohida tafovut bor. Real borliq mavjudlikni, xayoliy borliq mohiyatni belgilaydi. Real borliq narsalar, jarayonlar, shaxslar, xattiharakatlar va boshqa ning realligini bildiradi; u makon va zamon harakteriga ega, u alohida, betakror. Xayoliy borliq (gʻoya maʼnosida) vaqtinchalik, haqiqiy, tajribaviy harakteridan mahrum, u fakt boʻla olmaydi; u qatʼiy oʻzgarmas (qotib qolgan), abadiy mavjud (N. Gartman). Xayoliy borliq bu maʼnoda qadriyat, gʻoya, matematik va mantiqiy tushuncha sifatida yuzaga chiqadi. Platon unda chin, xususiy „real“ borliq ni koʻradi. Umumiy maʼnodagi borliq dan muayyan borliq farq qiladi. Geraklit fikricha, hech qanday qotib qolgan borliq yoʻq, doimo oʻzgaruvchan borliq bor. Metafiziklar „haqiqiy“ borliq transsendent, narsa oʻzidadir deb biladilar. Barcha mavjud narsalarning yigʻindisini, umuman olamni borliq deb ataydilar. J. Berkli, D. Yum borliq faqat subyektda, ongdagina mavjud deb biladilar. Baʼzi faylasuflar borliq ni qandaydir dunyoviy ruhning, gʻayri moddiy kuchning koʻrinishlaridan iborat, deb hisoblaydilar. Xususan Gegel falsafasida borliq mutlaq gʻoyaning oʻzligidan, mavhumlikdan konkretlikka tomon yuksalib boruvchi dastlabki, bevosita va juda noaniq bosqichi hisoblanadi. Borliq ni ruhmahsuli sifatida qarash 19-asr oxiri — 20-asr boshidagi falsafaga ham xos. L. Feyerbax, A. I. Gersen, N. G. Chernishevskiy borliq obyektiv, u harakatdagi materiya bilan bogʻliq deb taʼkidlaydilar. Baʼzi falsafiy oqimlar mavjud olamning realligini, borliq ning obyektivligini eʼtirof etadilar. Borliq ning eng muhim xususiyati — moddiyligida ekanligini alohida taʼkidlaydilar. Hozirgi zamon ontologiyasiga koʻra, borliq — barcha mavjudotning turlituman koʻrinishlari bilan aynandir.

Download 37.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling