2- topshiriq bilish mavzusiga Klaster tuzish


Falsafa tarixida substansiya haqida qanday qarashlar mavjud?


Download 37.07 Kb.
bet6/7
Sana03.02.2023
Hajmi37.07 Kb.
#1155745
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 topshiriq

14. Falsafa tarixida substansiya haqida qanday qarashlar mavjud?
Sharq falsafasida Forobiy Sni eng umumiylik sifatida tushuntirgan. Ibn Sino Sni "substansional umumiylik va aksidental umumiylik"ning oʻzaro munosabati doirasida talqin etib, ularning birbiri bilan bogʻlanganligiga, biri ikkinchisisiz mavjud boʻla olmasligiga eʼtiborni qaratdi. Sni tushunishda ham materialistik, ham idealistik qarash bor. Materialistlar S. deb obʼyektiv reallikni, materiyani, idealistlar esa, xudoni, mutlaq gʻoyani, ruhni, umuman moddiy boʻlmagan asosni tushunadilar. Pozitivistlar Sni mavhum tushuncha sifatida taʼriflab, bu tushuncha tadqiqotchini chalgʻitib, uning fikrini yoʻq narsaga bogʻlab qoʻyadi, aslida odam xilmaxilliklar va ularning birliklaridan iborat, bunga esa moddiylik ham, maʼnaviylik ham kiradi deb hisoblashadi. Hozirgi zamon tabiatshunosligi uchun S. faqat rasmiy tushuncha boʻlib, hodisalarni ifodalovchi degan maʼnoni bildiradi.
15.In’ikosnima?
Inʼikos (falsafada) —obʼyektlarning oʻzaro taʼsiri natijasida modda, energiya va axborot almashishi jarayoni. I. ning eng sodda shakli mexanik oʻzaro taʼsirdir. Mas, tuproqda yotgan tosh tuproqda oʻz izini qoddiradi. Jonli organizmlarda I. ning mu-rakkabroq turi — taʼsirlanish hodisasi sodir boʻladi. Mac, yomgʻir chuvalchangiga issiq jismni tekkiz-sangiz, issiqlik haqidagi informatsiya (axborot) chuvalchangga taʼsir qiladi va buning oqibatida chuvalchang tanasini issiqlikdan olib qochadi. Bu oddiy himoyalanish refleksidir. Murakkab jonli organizmlarda psixik I. roʻy beradi. Bu I. ning oliy shaklidir. Odamlar orasida esa soʻzlar orqali fikr almashish hodisasiga asoslangan ijtimoiy I. mavjud. Ijtimoiy guruhlarning oʻzaro taʼsiri oqibatida ijtimoiy I. ning murakkab shakllari namoyon boʻladi.
16.Hozirgi davrda materiyaning nechta tarkibiy darajasi farqlanadi?
Olamning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi uzok, oʻtmishga borib taqaladi. Qad. Hindiston va Xitoyda, Misr va Bobilda, qad. Oʻrta Osiyo va Yunonistonda faylasuflar olamning asosida qandaydir modda yoki unsur yotadi deb hisoblashgan. Ularning baʼzilari bu unsurni olov, boshqalari — suv yoki havo, ayrimlari — tuproq deb bilishgan. Baʼzi falsafiy taʼlimotlarda esa olamning asosida 4 unsur — olov, havo, suv va tuproq yotadi, barcha narsalar shu 4 ta unsurning birikishidan hosil boʻlgan, deb taʼkidlanadi. Yunon faylasuflari Levkipp, Epikur, Demokrit olamning asosida eng kichik boʻlinmas unsurlar — atomlar yotadi, ular oʻzlarining shakli, harakatlanishi va vaznlari bilan birbiridan farq qiladi, deb hisoblashgan. Shunday qilib, moddiy olamning asosida dastlabki yaratuvchi modda sifatida nima yotishini, yaʼni ilk, azaliy M.ni, M.ning "bobokaloni"ni axtarish vujudga keldi.

Download 37.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling