Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va uning iqtisodiy asoslari.Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni.
Jadvaldan ko‘rinadiki, 2000-yilda YalM hajmining 50,5 foizini ishlab chiqarilgan moddiy tovarlar tashkil etgan boisa, 2015-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 36,7 foizni tashkil etdi. Bundan ko‘rishimiz mumkinki, keyingi davrlarda ishlab chiqarish hajmi to‘xtovsiz o‘sib borish bilan bir qatorda mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasiga kengroq etiborberishi natijasida YalM tarkibida moddiy ishlab chiqa rishning ulushi nisbatan pasayib, nomoddiy ishlab chiqarish ulushi esa о‘sib bormoqda.
Ishlab chiqarilgan moddiy tovarlar va xizmatlar tarkibining o‘zgarishiga qaramay YalM hajmi yildan-yilga о ‘sib bormoqda. YalMning izchil о‘sib borishi yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarining ishga tushirilishi yoki eskilarining kengaytirilishi evaziga sodir bo‘lmoqda. Masalan, 2015-yilda Toshkent issiqlik elektr stansiyasida 370 megavatt quwatga ega bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi, Chorvoq GESi gidrogeneratorlari modemizatsiya qilindi, Qo‘ng‘irot soda zavodida kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish kengaytirildi,
«Samarqandkimyo» aksiyadorlik jamiyatida 240 ming tonna quv- vatga ega boigan murakkab tarkibli yangi o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Shuningdek, «Motor zavodi» aksiyadorlik jamiyatining faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlarida traktor tirkamalari, jumladan, katta hajmli tirkamalar, maishiy texnika uchun tarkibiy qismlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etildi.
Shu bilan birga mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasi sezilar- li ravishda rivojlanib bormoqda. Respublika YalMdagi xizmat ko‘rsatishning ulushi 2000-yilda 36,8 foizni tashkil qilib, 2014-yilda esa bu ko‘rsatkich 54,0 foizni, 2015-yilda esa 54,5 foizni tashkil qildi. Bu esa mamlakatimizda keyingi yillarda aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun olib borayotgan kompleks tadbirlar qatorida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga qaratilgan Davlat dasturlarining amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |