2. 1-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari
Download 0.61 Mb.
|
2.1 Mavzu
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko‘p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat boigan yalpi ichki mahsulot vujudga keladi. Bu Yaratilgan mahsulotlar mamlakatimiz aholisining talablarini qondirib, ulaming turmush darajasini oshirishga, ishlab chiqarishni sifat va miqdor jihatdan yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz birinchi Prezidenti va hukumati tomonidan yalpi ichki mahsulotni ko‘paytirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlari izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Ma’lumki, har yili yilning boshida mamlakatimizda oldingi yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yakunlari va yangi yildagi iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirishning eng ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi. Ushbu ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiquvchi vazifalar amalga oshirilib, salmoqli natija va sezilarli o‘zgarishlar qo‘lga kiritilmoqda. Iqtisodiyotning yuqori barqaror sur’atlar bilan o‘sishi va makroiqtisodiy muvozanati va mutanosibligi ma’lum darajada ta’minlanmoqda, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, diversifikatsiyalash ishlari davom ettirilmoqda. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar tanqidiy tahlil qilinib, yangicha yondashuv bilan olib borilmoqda. Ayni vaqtda bu tahlillar yuqori sa- lohiyatga ega bo‘lgan korxonalarga har bir turdagi mahsulotni xom- ashyo va yarim fabrikat bo‘yicha chuqur qayta ishlashning uzoq va yaqin kelajakdagi yillarga mo‘ljallangan aniq istiqbolga ega bo‘lgan mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvi asosida ishlab chiqa rishni yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda. Bu ko‘rilgan chora va tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotning barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanib, keyingi 9 yil davomida uning o‘rtacha yillik o‘sishi 8 foizdan kam bo‘lmagan, 2016-yilda esa bu ko‘rsatkich 7,8. foizni tashkil etdi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling