2. 1-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari


Download 0.61 Mb.
bet14/15
Sana23.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1287722
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2.1 Mavzu

Ish kuni o‘zgarmaganda zaruriy ish vaqtini kamaytirib, qo‘shimcha ish vaqtini ko‘paytirish evaziga olingan qo‘shimcha mahsulot esa nisbiy qo‘shimcha mahsulot deb ataladi. Masalan, ish kuni davomiyligi 8 soat hajmida qolgani holda, mehnat unum- dorligi va intensivligini oshirish hisobiga zaruriy mahsulot yaratishga sarflanishi kerak bo‘lgan vaqt 4 soatdan 3 soatga tushirildi, deb hi- soblaylik. Bunda qo‘shimcha mahsulot yaratishga sarflangan vaqt 5 soatga yetadi, ya’ni nisbiy qo‘shimcha mahsulot hajmi ortadi.
Hozircha bizning iqtisodiy amaliyotimizda (statistik, buxgalteriya hisoblarida) zaruriy va qo‘shimcha mahsulot hisoblanmaydi. Lekin ularning miqdorini, o‘sishi va kamayishini hamma darajalarida hisob- kitob qilish mumkin. Buning uchun ulami hisoblash usullarini ishlab chiqish zarur.
Yil davomida olingan qo‘shimcha mahsulotlar yig‘indisi qo‘shimcha mahsulot massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbati esa (foizda ifodalanishi) qo‘shimcha mahsulot normasi deb yuritiladi.
Agar qo‘shimcha mahsulot normasini m’, massasini m, zaruriy mahsulotni v bilan belgilasak qo‘shimcha mahsulot normasi
m = m / v *100 %
ko‘rinishdagi formula bilan aniqlanadi.
Misol uchun, «А» korxonaning yil davomidagi qo‘shimcha mah­ sulot massasi 100 mln. so‘m, zaruriy mahsulot hajmi esa 250 mln. so‘mdan iborat bo‘lsin. U holda qo‘shimcha mahsulot normasi 40% ni tashkil etadi.
Ma’lumki, qo'shimcha mahsulot bilan zaruriy mahsulot o‘rtasida har doim ziddiyat va aloqadorlik bo‘ladi. Ulaming har ikkalasidan ham butun iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat a’zolarining farovonligini oshirish maqsadlari yo‘lida foydalaniladi.
Ba’zan davriy matbuotda va ayrim adabiyotlarda qo‘shimcha mahsulotning mazmunini to‘g‘ri tushunmaslikdan uni qo‘shimcha qiymat va qo‘shilgan qiymat bilan bir xil sinonim tushuncha sifatida ifoda etiladi. Lekin qo‘shimcha mahsulot tushunchasi qo‘shimcha qiymat va qo‘shilgan qiymat tushunchalaridan sifat va miqdor jihatidan tubdan farq qiladi.
Qo‘shimcha mahsulot yalpi ichki mahsulotning tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun unda mavjud boigan ikki tomonlama xususiyat, ya’ni qiymat va naflilik xususiyatlari qo‘shimcha mahsulotga ham mansub bo‘ladi, ya’ni qo‘shimcha mahsulot ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘ladi.

Bundan ko‘rinadiki, qo‘shimcha qiymat qo‘shimcha mahsulotning bir tomoni bo‘lib, uning faqat qiymatini ya’ni unda mujassamlashgan
qo‘shimcha mehnatni ifodalaydi. Unda naflilikning biror bir gram- mi yoki atomi bo‘lmaydi. Naflilik faqatgina qo‘shimcha mahsulotda boiib, uning muhim tomonidir. Qo‘shimcha mahsulot qo‘shimcha qiymatdan faqatgina shu sifat jihatdangina emas, shu bilan birga miqdor jihatdan ham farq qiladi. Ma’lumki, ishlab chiqaruvchi kuchlar to‘xtovsiz rivojlanib mehnatning unumdorlik kuchi oshib boradi. Shunga binoan qo‘shimcha mahsulotning nafliligi qiymatiga nisbatan tez oshib boradi, chunki qo‘shimcha mahsulot qo‘shimcha qiymatning mehnat unumdorligiga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi, ya’ni

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling