2.3 Gorizontal yotgan qatlamlarning haqiqiy qalinligini aniqlash
Xaritada tasvirlangan gorizontal yotuvchi qatlamlarning haqiqiy qalinligini
aniqlash juda oson. Qatlamlarning haqiqiy qalinligi ostki va ustki yuzalari
orasidagi eng qisqa masofa bo’lganligi uchun, uni qatlam yuzalari mullaq
balandliklari orasidagi farqdan aniqlasa bo’ladi.
Qatlamning haqiqiy qalinligini dalada aneroid orqali ham aniqlash mumkin.
Buning uchun qatlamning ostki va ustki yuzalarining Yer yuziga chiqish
joylaridagi atmosfera bosimi milimetrlarda o’lchanadi. Ular orasidagi ayirma o’n
birga ko’paytirilib, qatlamning haqiqiy qalinligi metrlarda aniqlanadi.
Gorizontal yotuvchi qatlamlarning Yer yuzasiga chiqish kengligi yoki uning
gorizontal tekislikka o’tkazilgan proyeksiyasi relyef yuzasining qiyaligiga qarab
o’zgaradi. Relyef yuzasining nishabligi qancha past bo’lsa, qatlamning Yer
yuzasiga chiqish kengligi shuncha katta bo’ladi. Aksincha, relyef nishabligi qancha
katta bo’lsa, u shuncha tor va relyef tik holda 0 ga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |