2. 2 Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishi


 Gorizontal yotgan qatlamlarning xaritalarda va


Download 404.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana26.12.2021
Hajmi404.56 Kb.
#182823
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-Amaliy mashgulot Qatlamlar va qatlamlanishni geologik xaritalarda korsatish uslublari, shartli belgilar (1)

2.5. Gorizontal yotgan qatlamlarning xaritalarda va 

aerofotosuratlarda tasvirlanishi 

Geologik  xaritalarda  qatlamlarning  chegaralari  relyef  yuzasini  ifodatovchi 

gorizontallarga  parallel  yoki  mos  tushishi  orqali  ularning  gorizontal  yotganligini 

aniqlash mumkin. 

Gorizontallar  tushirilmagan  geologik  xaritalarda  qatlamlarning  gorizontal 

yotishi taxminan aniqlanadi. Agar joyning relyefi yetarli darajada notekis bo’lsa va 

xaritada  tasvirlangan  qatlamlar  yoki  boshqa  stratigrafik  gorizontlarning  qalinligi 

relyefning  nisbiy  balandligidan  kichik  bo’lsa,  qatlamlar  va  stratigrafik  gorizontlar 

orasidagi  chegara,  gorizontallar  kabi,  relyefning  asosiy  tafsilotlarini  ham 

ifodataydi.  Bunda  relyefning  eng  past  joylarida  nisbatan  qari  va  eng  baland 

joylarida yosh tog’ jinslari ochilib yotgan bo’ladi. 

Agar  qatlamning  qalinligi  joy  relyefining  nisbiy  balandligidan  katta  bo’lsa, 

qatlamlarni ajratuvchi chegara Yer yuzasida ochilmagan bo’ladi va  u qatlam keng 

maydonlarni egallab yotadi. 

Aerofotosuratlar bilan ishlayotganda, birinchi  navbatda, Yer yuzasida doimiy 

geologik  xususiyatlari  va  belgilari  bo’lgan  tayanch  gorizontlariga  e’tibor  berish 

kerak  bo’ladi.  Shuning  uchun  ham  aerofotosuratlarda  stratigrafik  komplekslar 

ichida  muhim  bo’lgan  qatlamlarning  chegaralari  va  ularning  aniq  mutlaq 

balandliklari aniqlanadi. 

Aerofotosuratlarni talqin qilish vaqtida belgilangan chegaralarni tekshirish va 

to’g’rilash  dalada  o’sha  chegaralar  bo’ylab  yurish  orqali  bajariladi.  Gorizontal 

yotuvchi  qatlamlarning  chegaralari  gorizontallar  bo’ylab  yoki  ularga  parallel 

ravishda o’tishi kerak.  



2.4-rasm. Qatlamlarning gorizontal yotishi (geologik xarita). 

Gorizontallar bilan qatlamlarning chegaralari mos tushgan. 

 


Download 404.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling