2. 7 Qatlamlarning yotish elementlari
Qatlamlarning fazoda tutgan o’rnini aniqlashda ularning yotish elementlari:
yo’nalish va yotish chiziqlari, yo’nalish va yotish azimutlari hamda yotish
burchagidan foydalaniladi.
Yo’nalish chizig’i deb, qatlam yuzalaridan birining ma’lum gorizontal
tekislik bilan kesishish chizig’iga, boshqacha qilib aylganda, qatlam yuzasidagi har
qanday gorizontal chiziqqa aytiladi. Shunday qilib, qatlam yuzasida sanoqsiz ko’p
yo’nalish chiziqlarini o’lkazish mumkin. Umumiy holda qatlam yo’nalishi o’zgarib
borishi mumkin, lekin qisqa bir masofada yo’nalish chizig’ini to’g’ri chiziq deb
qabul qilish mumkin.
2.6-rasm. Qatlamning yotish elementlari. BA-yotish chizig’i, BG-yotish
chizig’ining gorizontal tekislikka o’tkazilgan proyeksiyasi, DA-yotish burchagi
Do'stlaringiz bilan baham: |