2-3-laboratoriya ishlari Ketma-ket va parallel siljituvchi registrlarni ishlashini o‘rganish Ishdan maqsad


-rasm. D-triggerli 4 razryadli ketma-ket registr


Download 71.2 Kb.
bet3/7
Sana17.01.2023
Hajmi71.2 Kb.
#1097674
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-3-laba

2-rasm. D-triggerli 4 razryadli ketma-ket registr
9 chi taktli impuls kelishiga qadar, informatsion kirishda mantiqiy “1” o‘rnatiladi. 10chi impuls kelishidan avval esa, ushbu kirishdagi signal “0” qiymatiga ega. Natijada 9: 13 takt impulslari yuborilish davrida, registrga 9-chi impulsda kiritilgan mantiqiy “1” o‘ng tomonga siljishini indikator yordamida kuzatish mumkin. Jadvaldagi 15 satrdan ma’lumki, yuqoridagi mantiqiy “1” 13-chi taktli impulsda registrning o‘ng tomondagi eng chekka razryadidan chiqib yo‘qoladi.
1-jadval

Nomer
stroki


Ustanov ka v 1 (SET)

Sbros
(REZET)

Vvodimaya
informatsiya

Nomer
taktovogo
impulsa


Sostoyanie
vыxodov RG

Q1

Q2

Q3

Q4

1

0

1

~

~

0

0

0

0

2

0

0

1

0

0

0

0

0

3

0

0

1

1

1

0

0

0

4

0

0

1

2

1

1

0

0

5

0

0

1

3

1

1

1

0

6

0

0

0

4

0

1

1

1

7

0

0

0

5

0

0

1

1

8

0

0

0

6

0

0

0

1

9

0

0

0

7

0

0

0

0

10

0

0

0

8

0

0

0

0

11

0

0

1

9

1

0

0

0

12

0

0

0

10

0

1

0

0

13

0

0

0

11

0

0

1

0

14

0

0

0

12

0

0

0

1

15

0

0

0

13

0

0

0

0

16

1

0

~

~

1

1

1

1

2-rasmdagi keltirilgan qurilma ketma-ket surilish registri deyiladi. Ketma-ket degani – bu registrga ikkilik ma’lumot razryadma-razryad ko‘rinishda kiritiladi. Masalan, 0111 ikkilik kombinatsiyani registrga kiritish uchun 1-chi jadvalda 1 satrdan 6chi satrgacha mavjud bo‘lgan barcha holatlar ketma ketligidan o‘tish zarur.
Razryadlar soni n=4 bo‘lgan 0111 kombinatsiyani ketma-ket surilish registriga kiritish uchun n=4 takt kerak (jadvaldagi 2chi satrni hisobga olmaslik mumkin). Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 0001 kombinatsiyani registrga kiritish uchun ham 4ta takt (10 14 satrlar) talab etiladi. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki SET va RESET asinxron kirishlari alohida ustunlikka ega. Ular yordamida kirish ma’lumot va taktli impulslar mavjudligidan qat’iy nazar, registr xoxlagan paytda “0” yoki “1” holatga o‘tkazilishi mumkin (jadvaldagi 1chi va 16 satrlar).
Ko‘rib chiqilgan registrda ma’lumotni parallel yoki ketma-ket shaklda chiqarish mumkin. Parallel chiqarishda n razryadli ikkilik son n taktdan so‘ng barcha triggerlar chiqishlaridan baravar echiladi. Ma’lumotni ketma-ket chiqarilishi keyingi taktli impulslar yuborilishida Q4 chiqishidan amalga oshiriladi. Registr razryadini o‘zgartirish uchun triggerlar sonini o‘zgartirish kifoya. Masalan, 2-rasmdagi sxemaga yana bitta D-trigger qo‘shilsa, registr 5 razryadliga aylanadi. Odatda registrlar 4,5 va 8 razryadli bo‘ladi va D-triggerlardan tashqari JK hamda taktlanadigan RS triggerlardan ham tashkil topadi.
Parallel doiraviy surilish registrlar
YUqorida ko‘rib chiqilgan ketma-ket surilish registri ayrim kachiliklardan xoli emas. Masalan, har bir taktli impulsda u ikkilik kodda ifodalayotgan ma’lumotning faqat bitta razryadini qabul qilishi mumkin va undan tashqari har gal ma’lumot registrda o‘ng tomonga surilishida, o‘ng tomondagi eng chekkasidagi informatsion razryadi registrdan chiqib ketib yo‘qoladi (1-jadvalda keltirilgan misolga qarang). Ushbu kamchiliklar parallel doiraviy surilish registrida bartaraf etilgan. 3-rasmda 4-razryadli parallel doiraviy surilish registrining sxemasi keltirilgan bo‘lib, unda D1, D2, D3, D4 kirishlari informatsion kirishlar vazifasini bajaradilar. Bu surilish registr to‘rtta JK trigger asosida qurilgan bo‘lib, 4-razryadli kombinatsiyani parallel shaklda baravar kiritishga imkon beradi. Registr sxemasida U4 triggerning Q va IQ chiqishlari U1 triggerning J va K kirishlari bilan teskari bog‘langanligi alohida e’tiborga loyiq. Ushbu teskari bog‘lanish zanjiri kiritilgan ma’lumotni, U4 triggerni chiqishlarida yo‘qolmasdan, registrning ichida aylanib yurishga sharoit yaratadi. Registrni tozalash (chiqishlarini 0000 holatga keltirish) uchun “Sbros” kirishiga mantiqiy “1” signal berilishi lozim. Ma’lumotni parallel shaklda kiritish uchun mo‘ljallangan D1, D2, D3, D4 kirishlari triggerlarni dastlabki holatga o‘rnatish SET kirishlari bilan bog‘langan bo‘lib, istalgan registr chiqishlari Q1, Q2, Q3, Q4ida mantiqiy “1” o‘rnatishga imkon beradi. Buning uchun SET kirishga qisqa muddatli mantiqiy “1” ignal berilsa kifoya. Registrdagi barcha JK triggerlari CLK kirishlariga taktli impulslar yuborilishi registrdagi ma’lumotni o‘ng tomonga surilishga olib keladi. Trigger U4dan ma’lumot U1 triggerga uzatiladi va shu bilan registrda ma’lumot aylanib (doira bo‘yicha) yo‘qolmay yurishi kuzatiladi.


Download 71.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling