Laboratoriya ish№ Mavzu: 4 razryadli ketma-ket va parallel registrlarni tadqiq etish Ishning maqsadi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana23.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1045928
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
9-14Laboratoriyaishi



Laboratoriya ish№ 9. 
Mavzu: 4 razryadli ketma-ket va parallel registrlarni tadqiq etish 
 
Ishning maqsadi:4 razryadli ketma-ket va parallel registrlarni tadqiq etish 
Registr kombinatsion turdagi raqamli qurilma bo‘lib, ko‘p razryadli ikkilik sonlar 
ko‘rinishidagi ma’lumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada saqlash uchun 
ishlatiladi. Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi triggerlar majmuasidan 
iborat. Trigger – esa xotira elementi bo‘lib, ularga qo‘shimcha ulanayotgan 
elementlarning vazifasidan kelib chiqqan holda, boshqa maxsus funktsiyalarni 
amalga oshirish imkonini beradi. Masalan, agar registrda bir triggerdagi ma’lumot 
keyingisiga uzatilsa, u holda registr siljitish funktsiyasini bajaradi, demak bunday 
registr siljitish registri deb ataladi. Chapga va o‘nga siljituvchi registrlar mavjud. 
Siljitish registrlari ma’lumotni ketma-ket qabul qiladi. Agar bit ko‘rinishidagi 
ma’lumotlar guruhi ketma-ketligini takt impulslari komandasiga ko‘ra siljitish 
registrlari kirishlariga berilsa, u holda registrni bir-nechta siljitish amallari bilan 
yuklash mumkin. Xuddi shunday usulda registrdagi ma’lumotlarni undan chiqarib 
yuborish mumkin. Parallel yoki ketma-ket ravishda ma’lumot kiritish mumkin 
bo‘lgan siljitish registrlari mavjud. Demak, xuddi shunday parallel yoki ketma-ket 
ravishda ma’lumotni chiqarish ham mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganidek, universal 
registrlar ham mavjud bo‘lib, ular ma’lumotlarni chapga va o‘nga siljitadilar. To‘g‘ri 
va teskari kod tartibida ma’lumot chiqaruvchi registrlar ham mavjud. To‘g‘ri kodda 
ma’lumot chiqaruvchi registrlar turli vaqt masshtabida ishlaydigan yozuv 
qurilmalarni muvofiqlashtirishda qo‘llaniladi. Masalan, diskka ma’lumot yozish 
qurilmasi bilan printerni muvofiqlashtirish uchun qo‘llash mumkin. Bu vaqtda 
registrga ma’lumotni ancha katta tezlikda kiritish, printerdan esa ma’lumotni ancha 
past tezlikda olish mumkin. Teskari kodda ma’lumot chiqaruvchi registr - 
mikroprotsessor XQlarida ishlatilishi mumkin. Parallel registr ma’lumotlar ustidan 
quyidagi mikroamallarni bajarishga mo‘ljallangan: parallel shaklda kirishdagi 
ma’lumotlarni yozish, saqlash va uzatish. Sodda ikki razryadli parallel registr 
funktsional sxemasi 13.1-rasmda keltirilgan. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling