2-3-laboratoriya ishlari Ketma-ket va parallel siljituvchi registrlarni ishlashini o‘rganish Ishdan maqsad


Download 71.2 Kb.
bet6/7
Sana17.01.2023
Hajmi71.2 Kb.
#1097674
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-3-laba

4. Laboratoriya ishiga topshiriq
1. 1-rasmda keltirilgan taktli impuls bilan sinxronlaydigan birfazali 4-razryadli parallel xotira registr sxemasini D-triggerlarda yig‘ib oling. Registrning ishini tahlil etib, haqiqiylik jadvalini tuzib bering.
2. RS va JK-triggerlar asosida parafazali 4-razryadli parallel xotira registrlari sxemalarini yig‘ib olib, ular ishini tahlil eting va haqiqiylik jadvalini tuzib bering.
3. O‘qituvchi bergan vazifasiga ko‘ra, berilgan variantga muvofiq, n=3 uchun, 2-rasmda keltirilgan D-triggerlar asosida qurilgan n-razryadli ketma-ket registr sxemasini yig‘ib olib, uni ishini tahlil qiling va vaqt diagrammasini tuzib bering.
4. O‘qituvchi bergan vazifasiga ko‘ra, berilgan variantga muvofiq, n=3 uchun, 2-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha, sinxroimpulsli fronti bilan sinxronlaydigan RS-triggerlar asosida qurilgan n-razryadli ketma-ket registr sxemasini yig‘ib olib,
5. O‘qituvchi bergan vazifasiga ko‘ra, berilgan variantga muvofiq, n=3 uchun, 3-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha parallel doiraviy surilish registr sxemasini yig‘ib olib, uni ishini tahlil qiling va vaqt diagrammasini tuzib bering.
6. 4-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha parallel-ketma-ket yuklanishli 4-razryadli surilish registr sxemasini yig‘ib olib, uni ishini tahlil qiling va vaqt diagrammasini tuzib bering.
7. TTL-74 seriyadagi IMS komponentlar kutubxonasidan (Registers nimkategoriyasi) 74179 4-razryadli registrni tanlab olib va uni ishini tadqiqot etib, haqiqiylik jadvalini tuzib bering.
8. O‘qituvchi bergan vazifasiga ko‘ra, berilgan variantga muvofiq, IMS komponentlar kutubxonasidan (Registers nimkategoriyasi,TT2-74 seriyasi 74 NS,74LS,74 S IMS) 4-razryadli 74194 universal registorni tanlab olib, uni ishini tad’kikot eting va xakikiylik jadvalini tuzib bering.


5.Ishni bajarishga doir ko‘rsatmalar
1. Bir fazali va ikki fazali xotira registrlar ishlash tamoyillarini o‘rganib chiqing.
2. Ketma-ket surilish registrlar ishlash prinsiplarini o‘rganib chiqing.
3. Parallel-ketma-ket surilish registrlar ishlash tamoyillarini o‘rganib chiqing.
4. Doiraviy parallel surilish registrlar ishlash tamoyillarini o‘rganib chiqing.
5. Taktli generator “CLOCK” qo‘llanishida, uni chastotasini 0,5 Gs atrofida o‘rnatish tavsiya etiladi.
6. Vaqt diagrammalarini tuzish uchun ko‘p kanalli ossillografdan foydalanish lozim.
7. Aylana registrlarni (doiraviy) tadqiq etganda, chiqish signallarni kuzatish uchun mantiqiy indikatorlardan yoki LOGIC ANALIYSER mantiqiy analizatoridan foydalanish mumkin. Bundan tashqari sxemani komponentlar kutubxonasidan LED BARGRAF-RED turdagi indikatorlar bilan to‘ldirish mumkin (Optoelectronics kategoriyasi).
8. TTL-74 seriyali IMS registrlarini tadqiq etishda, shuni e’tiborga olish kerakki, ularda LOAD va SHIFT alohida kirishlari bilan bir qatorda, umumiy SH/LD kirishi ham mavjud. Bunda SH=1-surilish va LD=0-yuklash (kiritish) vazifasini bajaradi. Bundan tashqari IMSdagi belgilanishdagi SI kirishi ketma-ket ma’lumotni kiritish uchun va MR kirishi registrni tozalash uchun qo‘llaniladi.



Download 71.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling