2-3-mavzu: Hozirgi zamon dunyo siyosiy kartasi reja


Jahon mamlakatlarining davlat tuzumi


Download 43.45 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi43.45 Kb.
#1539253
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma`ruza

3. Jahon mamlakatlarining davlat tuzumi. Mamlakatning davlat tizimi asosan ikki xil, yani monarxiya va respublika shaklida bo‘ladi. Monarxiya davlat tizimining eng qadimgi shakli bo‘lib, u oliy davlat hokimiyatning yakka bir shaxsga – monarxga (podshox, qirol, shox, amir, sulton va h.k.) buysinishini bildiradi. O‘z navbatida monarxiyaning ham turli ko‘rinishlari mavjud. Masalan, mutloq monarxiyada davlat boshlig‘ining roli cheklanmagan va unga oliy mansablar taaluqli bo‘ladi, davlat rahbarligi avloddan – avlodga meros sifatida utib boradi (Birlashgan Arab amirligi, Qatar, Oman va b.).
Cheklangan monarxiyada davlat boshlig‘ining funksiyasi konstitutsiya va parlament orqali cheklangan. Masalan, Shvesiya konstitutsion monarxiya, Buyuk Britaniya esa parlament monarxiya tizimiga ega (bu mamlakatda asosiy vazifani primer-ministr, ya’ni bosh vazir bajaradi).
Yuqoridagilardan tashqari, monarxiyaning teoritik («teo» - din) shakli ham mavjud. Bunday tipdagi davlatlarda (Vatikan, Saudiya Arabiston, Vrineya) davlat boshlig‘i ayni vaqtda diniy boshliq hisoblanadi. Vatikanda monarx Rim Papasi, Saudiya Arabistoni esa barcha rahbarlik (Bosh vazir, Oliy sudiya, Oliy qumondon va hoakazo) faqat yakayu-yagona qirolga bo‘ysinadi.
Davlat tizimining riyespublika shakli ham ancha qadimiy (yeng qadimiy respublika San-Marino Respublikasi bo‘lib u 301 yilda tashkil topgan). Respublika ham o‘z navbatida prezident va parlament respublikasi shaklida bo‘ladi. Birinchisida saylangan prizident ayni vaqtda davlat va xokimiyat boshlig‘idir; hatto parlament oldindan tarqatib yuborish hududiga ham ega. Respublikaning bunday ko‘rinish AQSH, Braziliya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa davlatlarda amal qiladi.
Parlamentar respublikada prizident huquqi biroz cheklangan bo‘lib, unda hokimiyat parlamentga shaklan bo‘ysinsada u amalda asosiy boshqaruvchi shaxs hisoblanadi (Germaniya Federativ Respublikasi, Malayziya, Hindiston, Avstriya, Rolsha, Italiya va b,).
Hozirgi davrda yer sharida respublika tizimidagi davlatlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ularning umumiy soni 150 ga yaqin, monarxiyaga esa taxminan 30 ta davlat kiradi.
Davlat tizimi mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishi bilan ham bog‘liq, davlatlar ma’muriy – hududiy tuzilishning ikki – unitar va federativ shakli mavjud. Unitar davlatlarga qonun chiqaruvchi va ijro etish organi bitta, konstitutsiya ham yagona. Ularning ishidagi ma’muriy birliklar, masalan, viloyat, rayon kabilarning hududi uncha katta emas. Bunday davlatlar soni juda ko‘p: Fransiya, Ukraina, Turkmaniston, Belorus, Qozog‘iston, Yaponiya va h.k.
Federativ davlatlarning ichki siyosiy tuzilishi ancha murakkab: bu yerda «davlat ichida davlatlar» mavjud bo‘ladi. Yagona davlat tarkibidagi respublika, shtat, okrug, kanton, provinsiya kabilar o‘zlarining konstitutsiyasi, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlariga ega. Ularning siyosiy jihatdan huquqi ancha yuqori. Chunonchi, AQSH, Braziliya, Hindiston, Meksikaga, uxshash 20ga yaqin federativ davlatlar tarkibida shtatlar (shtati, shtat – davlat demakdir), GFRda yerlar, Rossiyada – respublikalar mavjud.
Davlat ma’muriy tuzilishining konfedratsiya shaklida uning ichki birliklari o‘zlarining mustaqilligini tula saqlagan bo‘ladi. Bunday tizim Shvesariyada kuzatiladi; «Shvesariya konfederatsiyasi» 22 ta kantonlardan iborat.
Dunyo siyosiy xaritasida tom ma’nodagi mustamlakalar deyarli yo‘qolgan bo‘lsa-da, siyosiy jihatdan qulay yoki buysinuvchi hududlar hanuzgacha bor. Bularga Portugaliya, Daniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning yer sharining turli chekkalarida qolgan avvalgi mustamlakalari, kichik, to‘la mustaqil bo‘lmagan hududlari kiradi. Ular, masalan, Janubi-Sharqiy Osiy, Okeaniya, Karib dengizi havzasida bor.
Shu o‘rinda Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik davlatlariga ham to‘xtalib o‘tish lozim. Ma’lumki, «Buyuk Britaniya» dastavval 1707 yilda Angliya, Shotlandiya va Irlandiyani qo‘shilishidan tashkil topgan edi. 1931 yilda vujudga kelgan Buyuk Britaniya Hamdo‘stligiga hozirgi vaqtda 50 dan ortiq davlatlar, shu jumladan, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada kiradi (umumiy maydoni 30 mln. km2, aholisi esa dunyo aholisining 1/6 qismini tashkil qiladi).

Download 43.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling