2-3-mavzu: Hozirgi zamon dunyo siyosiy kartasi reja


Mamlakatlarni toifalarga ajratish


Download 43.45 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi43.45 Kb.
#1539253
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma`ruza

4. Mamlakatlarni toifalarga ajratish. Dunyoning hozirgi siyosiy xaritasida 230 ga yaqin mamlakat va hududlar bor: ularning asosiy ko‘pchiligi mustaqil davlatlardir.
Mamlakatlar sonining bunchalik kattaligi ularni guruhlantirishni taqazo etadi.Bunda, birinchi navbatda, miqdoriy ko‘rsatkichlar mezon qilib olinadi, Mamlakatlarni hududini kattaligi va aholi soniga qarab guruhlantirish eng keng tarqalgan. Masalan, hududning kattaligiga ko‘ra dunyoda har birining maydoni 3 mln. kv. km. dan ortiq 7 ta eng katta mamlakat ajratiladi, ularning yalpi maydoni yer yuzidagi quruqlikning Ѕ qismidan ortig‘ini egallaydi.
Masalan, aholisi soniga ko‘ra har biridagi aholi 100 mln. kishidan ortiq bo‘lgan 10 –ta eng katta mamlakat ajratiladi, bu mamlakatlardagi aholining yalpi soni yer yuzi aholisining 3/5 qismiga to‘g‘ri keladi.
Dunyo siyosiy xaritasida o‘rtacha va kichikroq mamlakatlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Juda kichik davlatlar ham borki, ular «mitti» davlatlar deb ataladi.
Mamlakatlar ko‘pincha geografik o‘rni xususiyatlariga qarab ham guruhlashtiriladi. Bu xususiyatiga ko‘ra dengiz bo‘yida, yarim orolda, orollarda joylashgan mamlakatlar, arxepelag – mamlakatlarga bo‘linadi.
Hududi bevosita dengizga tutash bo‘lmagan mamlakatlar (ular jami 40 taga yaqin) alohida guruhni tashkil etadi. Bu mamlakatlarning quruqlik ichkarisida joylashganligi dengiz yo‘llari, dunyo okeani boyliklaridan bevosita foydalanishni qiyinlashtiriladi. Jahon mamlakatlari faqat maydonining katta – kichikligi va geografik o‘rnigagina emas, balki sotsial-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladilar.
Mamlakatlarni rivojlanish darajasiga ko‘ra 1) iqtisodiy rivojlangan va 2) rivojlanayotgan mamlakatlar toifasiga bo‘lish qabul qilingan.
BMT iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Avstraliya va Okeaniyaning jami 60 ga yaqin mamlakatlarini kiritgan. Ularning iqtisodiy va sotsial rivojlanishining ancha yuqori ekanligi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi ichki mahsulotining ancha ko‘pligi bilan ajralib turadi.
Bulardan birinchi guruhni AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kanadadan iborat «G‘arbning katta yettilik mamlakatlari» tashkil etadi. Bular G‘arb dunyosining yetakchi mamlakatlari bo‘lib, katta miqyosdagi iqtisodiy va siyosiy faoliyati bilan ajralib turadi. Maslan, «Yettilik» mamlakatlarida jahon yalpi milliy mahsulot va sanoat ishlab chiqarishning 50 % dan ortig‘i, qishloq xo‘jaligi mahsulotining 25 % dan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bu davlatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi ichki yalpi mahsulot (IYAM) 10 ming dollardan 20 ming dollargacha tashkil etadi.
Rivojlangan mamlakatlarning ikkinchi kichik toifasiga kamroq rivojlangan mamlakatlar, birinchi galda Yevropa mamlakatlari kiradi. Bu mamlakatlar har birining siyosiy va iqtisodiy qudrati uncha katta bo‘lmasa ham, lekin umuman olganda ular jahon ishlarida katta, shu bilan birga tobora ortib borayotgan ahamiyat kasb etadi. Ularning ko‘pchiligida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ichki yalpi mahsulot «katta yettilik» mamlakatlaridagiga tengdir.
SSSR parchalanishi natijasida 1991 yil oxirida barpo bo‘lgan Mustaqil Davlatlar Hamdustligiga (MDH) kirgan mamlaktlarni alohida toifaga kiritish mumkin.
Qolgan barcha mamlakatlarni BMT rivojlanayotgan mamlakatlar toifasiga kiritiladi. Ular butun yer yuzi quruqlik maydonining Ѕ qismini egallaydi, aholisi esa dunyo aholi sonining yarmidan otig‘ini, Xitoyni qo‘shib hisoblaganda 70 % dan ko‘pini tashkil etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo siyosiy xaritasida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyada ekvatordan shimolda va ayniqsa janubda juda katta masofaga cho‘zilgan mintaqani egallaydi. Bu mamlakatlardan ayrimlari (Eron, Tayiland, Efiopiya, Misr, Lotin Amerikasi mamlakatlari va boshqalar) ikkinchi jahon urishidan ancha oldin mustaqillikka ega bo‘lgan. Ko‘pchiligi esa, mustaqillikka urushdan keyin erishdi. Urushdan keyin 100 ga yaqin mustaqil davlat vujudga keldi va ular ozodlikka erishgan mamlakatlar deb atala boshladi.
Juda katta turfa qiyofaga ega «uchinchi dunyo» mamlakatlari ichki sharoiti jihatidan xilma-xildir. Ular bir qancha toifalarga ajratiladi.
Bu mamlakatlarning birinchi toifasini tayanch mamlakatlari deb ataluvchi Hindiston, Braziliya va Meksika tashkil etadi. Bu mamlakatlar juda katta tabiiy, aholi va iqtisodiy imkoniyatlarga ega hamda rivojlanayotgan mamlakatlar orasida ko‘p jihatdan yetakchi mamlakatlardir. Masalan, qolgan hamma rivojlanayotgan mamlakatlar birgalikda qancha sanoat mahsuloti ishlab chiqarishsa, bu uchta mamlakat ham deyarli shuncha sanoat mahsuloti ishlab chiqaradi. Bu mamldakatlarda aholi jon boshiga ishlab chiqariladigan ichki yalpi mahsulot iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagidan ancha kam. Masalan, Xindistonda ichki yalpi mahsulot qiymati atiga 340 dollarni tashkil etadi.
Ikkinchi, nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan davlatlar toifasiga yangi sanoatlashgan mamlakatlar deb ataluvchi ozgina mamlakatlar va hududlarni kiritish mumkin. Bu toifa mamlakatlarining tipik vakillariga Koreya Respublikasi, Tayvan, Gonkong, Singapur, 70-80 yillardan rivojlanayotgan ko‘pchilik boshqa mamlakatlardan o‘zib ketishdi.
Uncha katta bo‘lmagan uchinchi toifaga tashqariga neft chiqaruvchi (eks-port qiluvchchi) mamlakatlar – Saudiya Arabistoni, Quvayt, Katar, Birlashgan Arab Amirliklari, Liviya, Bruney kiradi. Bu mamlakatlarda neft sotishdan katta daromad kelganligidan aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi ichki yalpi mahsulot 10-15 ming va undan ortiq dollarni tashkil etadi.
To‘rtinchi, eng katta toifaga o‘z taroqqiyotida sezilarli darajada orqada qolayotgan o‘nlab mamlakatlar kiradi. Ularda feodalizm qoldiqlari saqlanib qolayotgan ko‘p tarmoqli ancha qaloq xo‘jalik ko‘pchilikni tashkil etadi.
Birinchi toifaga BMT tasnifga ko‘ra eng kam rivojlangan 42 ta mamlakat kiradi (aholisining umumiy soni 400 mln. dan ortiq). Bu mamlakatlarda iste’molga oid xo‘jaligi ustun turadi. Ishlov beruvchi sanoat deyarli yo‘q. Aholining 2/3 qismi savodsiz. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi ichki yalpi mahsulot atigi – 100-200 dollarni tashkil etadi. Bu toifaga Osiyodagi Bangladesh, Nepal, Afg‘oniston, Yaman, Afrikadagi Mali, Negir, Chad, Efiopiya, Samoli, Lotin Amerikasidagi Gaiti kiradi.
Download 43.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling