2-3 Mavzular. Ma’muriy xukukning predmetn
Download 24.02 Kb.
|
2 Ma’muriy xukukning predmetn,
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’muriy huquq manbalari.
Ma’muriy xukuk tizimi. Ma’muriy xukuk fanining normalari asosan ikki qismga bo‘linadi:
a) umumiy qism — davlat boshqaruvining barcha sohalarini qamrab oluvchi normalarni o‘z ichiga oladi. Ma’muriy huquqning umumiy qismi tarkibida quyidagi normalar ajralib turadi: davlat boshqaruvi xususiyatlarni belgilovchi xamda davlat boshqaruvi tamoyillarini mustaxkamlovchi normalar. davlat boshqaruv organlarining huquqiy maqomini, faoliyatining shaklini belgilovchi normalar; davlat xizmatini tartibga soluvchi normalar; boshqariluvchi ob’yektlarning maqomini belgilovchi normalar; jamoat tashkilotlarining xukukiy maqomi to‘g‘risidagi normalar; fukarolarning xukukiy maqomi to‘g‘risidagi normalar; davlat boshkaruvida ishontirish va majburlash choralari to‘g‘risidagi normalar: davlat boshqaruvida qonunchilikni ta’minlash usuli to‘g‘risidagi normalar. b) maxsus kism - ma’lum bir sohada xarakat qiluvchi normalarni o‘z ichiga oladi. Ma’muriy huquqning maxsus qismi o‘z ichiga quyidagilarni oladi; rejalashgirish, moliya, bank-kredit, solik, xisob-kitob sohalaridagi va tarmoqlararo faoliyatning boshqa sohalaridagi davlat boshqaruvini tartibga soluvchi normalar; xalk xujaligi, ijtimoiy-madaniy qurilish va ma’muriy- siyosiy faoliyat sohasidagi davlat boshqaruvini tartibga soluvchi normalar. Ma’muriy huquq manbalari. Mamuriy huquq manbalari bo‘lib, o‘zida ma’muriy xukukiy normalarni ifoda etgan davlat xokimiyati va davlat boshqaruvi organlarining (ayrim hollarda esa, boshqa davlat organlarining) aktlari xisoblanadi, Bu normalar qonunlarda, vakillik organlarining boshqa normativ xujjatlarida, Prezident farmonlarida, Vazirlar Maxkamasi qarorlarida, vazirlik va davlat ko‘mitalari. xokimlarning normativ aktlarida namoyon bo‘ladi. Boshka huquq sohalari singari ma’muriy huquqning xam asosiy manbasi bulib, 1992 yil 8 dekzbrda kabul kilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. Konstitutsiyada ijtimoiy tuzum va davlat siyosatining asoslari mustaxkamlangan, fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini. davlat faoliyatini tashkil etish tamoyillarini o‘rnatilgandir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining I bulimida O‘zbekiston davlati siyesiy tizimining asosiy tamoyillari ko‘rsatib o‘tilgandir. Konstitutsiyaning II bo‘limida esa fuqarolarning asosiy xuquklari, erkinliklari va burchlari ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fukarolari shaxsiy (24-31 m), siyosiy (32-35m), iktisodiy va ijtimoiy (36-42m) huquqlarga ega bo‘lib, bir qator burchlarni (47-52m) bajaradilar. O‘tgan darslarda aytib o‘tilganidek, ma’muriy xukuk konstitutsion xukuk normalaridan kelib chiqqan holda, fuqarolarning davlat boshkaruvi sohasidagi huquqiy maqomini anik belgilab beradi. Konstitutsiyaga binoan davlat boshqaruvi organlari tizimiga raxbarlik kiluvchi organ bu - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasidir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 89-moddaga binoan O‘zR Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi xokimiyat boshligidir. O‘zR Prezidenti ayni vaktda Vazirlar Maxkamasining Raisi xisoblanadi. Konstitutsiyada maxalliy davlat xokimiyati asoslari xam ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasiniig Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi xam ma’muriy huquq manbalari tizimida alohida bir o‘rinni egallaydi. Kodeksda ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi, ma’muriy javobgarlik tushunchasi va turlari, ma’muriy normalarning xarakat kilishi, ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan davlat organlari to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilgandir. Ma’muriy huquq manbalariga O‘zbekiston Respublikasining Xavo Kodeksi, Bojxona Kodeksi Soliq Kodeksi va boshqa kodekslarni kiritishimiz mumkin. Bularda fuqarolik va boshqa huquq sohalarining normalari bilan bir qatorda, ma’muriy huquq normalari xam o‘z ifodasini topgan. Ma’muriy huquq manbalari tizimiga bir qancha qonunlar xam kiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan yangi tahriri esa 2003 29 avgustda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida"gi qonuni aloxida o‘rinni egallaydi. Ushbu qonunning 1 -moddasiga binoan Vazirlar Maxkamasi davlat organlari tizimiga va uzi tashkil etadigan xujalik boshkaruv organlariga boshchilik kiladi, ularning xamjixatlik bilan faoliyat kursatishini ta’minlaydi. Konunning 3-moddasida Vazirlar Maxkamasi faoliyatining asosiy tamoyillari, ya’ni: kollegiallik, demokratiya va konuniylik, O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslanadi. Qonunda Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari, Vazirlar Maxkamasi faoliyatini tashkil etish tartibi hamda Vazirlar Mahkamasining davlat hokimiyati organlari. jamoat birlashmalari bilan o‘zaro munosabatlari ko‘rsatib o‘tilgan. 1995 yil 30 avgustda kabul qilingan Uzbekiston Respublikasining "Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan hatti-xaraktlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida "gi qonuni. Ma’muriy xukukiy normalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Maxkamasi. vazirliklar, davlat qo‘mitalari aktlari mamuriy huquq manbasi sifatida, davlat boshqaruvining ma’lum bir sohalarida xarakat qiladi (lekin, ba’zi aktlar umummajburiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin). Ma’muriy xukuk manbalari tizimiga mahalliy davlat xokimiyati organlarining aktlari xam kiradi. Masalan, ma’muriy javobgarlikni ko‘zda tutuvchi qarorlar. Bu qarorlar tegishli hududda joylashgan barcha mansabdor shaxslar va fukarolarga majburiy hisoblanadi. Download 24.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling