2-3 Mavzular. Ma’muriy xukukning predmetn
Ma’muriy huquq va uni boshka huquqiy fanlar bilan o‘zaro
Download 24.02 Kb.
|
2 Ma’muriy xukukning predmetn,
Ma’muriy huquq va uni boshka huquqiy fanlar bilan o‘zaro aloqasi. Mamuriy huquq fani ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi o‘z usullariga ega. Ma’muriy huquq usullarini fuqarolik-huquqiy tartibga solish usullarvdan farqlay olish lozim. Sababi, bir xil ijtimoiy munosabatlarning xam ma’muriy huquq, xam fuqarolik huquqi bilan tartibga solinishida kerak bo‘ladi (masalan, savdo soxasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar ma’muriy huquq tomonidan xam, fukarolik huquqi tomonidan xam tartibga oolinadi). Fuqarolik-huquqiy usullari orqali tartibga solishda tomonalar erki yuridik jihatdan tenglashtirilgan. Ma’muriy huquqda esa xamma vaqt bir tomonning erki yuqorida turadi, ya’ni bu ma’muriy huquqda tomonlarning teng emasligini anglatadi. Ma’muriy huquqda bir tomon davlat-xokimiyat vakolatiga ega bo‘ladi xamda ikkinchi tomon uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan boshqaruv aktlarini chiqaradi, davlat kontrolini amalga oshiradi, qonunda nazarda tutilgan hollarda majburiy choralarni qo‘llaydi. Ikkinchi tomon esa davlat boshqaruvi organi yoki mansabdor shaxs tomonidan chiqarilgan qarorga buysunishi lozim, qonun buzilgan hollarda esa vakolatli davlat organlariga shikoyat kilishlari mumkin.
Yukorida aytib o‘ilganlardan, ma’muriy huquqga tomonlarning teng emasligi xususiyati xosdir, degan xulosaga kelish kerak emas. Chunki, ma’muriy xukuqda kelishish usuli xam mavjuddir. Masalan, ikki organ o‘rtasida yuzaga kelgan masalalar o‘zaro tenglik, ya’ni ikki organ kelishuvi bilan hal etilishi mumkin. Bu ma’muriy huquqda gorizontal ma’muriy-huquqiy munosabatlar mavjudligini anglatadi, Ma’muriy huquq fani davlat (konstitutsion) xukuq faniga juda yaqin turadi. Lekin shu bilan birga bu ikki fan o‘rtasida o‘zaro farqlar mavjud. Davlat (kanstitutsion) huquqi fani huquq tizimida aloxida o‘rinni egallaydi. Unda davlatning ijtimoiy tuzilishi va siyosatning asoslari, davlat bilan shaxs o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar. milliy-davlat va ma’muriy-xududiy tuzilish, davlat organlari tizimining asoslari ifodalanan. Davlat xukuki fanining predmeti ma’muriy xukuk fanining predmetidan kengdir. Masalan, davlat huquqi barcha davlat organlari uchun umumiy bo‘lgan tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini belgilab beradi. Ma’muriy huquq normalari esa, yuqoridagilarga asoslanib, davlat boshqaruvida ularni qo‘llashni tartibga soladi, Davlat huquqi fukarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini belgilab beradi. Ma’muriy huquq esa davlat huquqining ko‘pgina normalarini yanada aniqlashtiradi, fuqarolarning huquqiy maqomini asosiy bo‘lmagan boshka huquq va majburiyatlar bilan to‘ldiradi, fuqarolar tomonidan huquq, erkinlik va majburiyatlar bajarilishining boshqaruv mexanizmini belgilab beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan fuqarolar davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy hatti-xarakatlari ustidan sudga shikoyat kilish huquqiga ega. Ushbu jarayon davlat (konstitutsion) xukuk normalari bilan tartibga solinadi. Ma’muriy xukuk esa mana shu shikoyatlarning qaysi organga tegishliligini. shikoyatni ko‘rib chiqish muddati va tartibini xamda boshka tomonlarni tartibga soladi. Ma’muriy huquq fuqarolik huquqi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu ikki huquq sohasi ba’zi bir xil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, lekin turli usullar yordamida. Masalan, vakolatli davlat organining buyrug‘iga binoan bir xo‘jalik tashkiloti boshqasiga bino yoki inshoatni beradi. Bunda davlat boshqaruv organi hokimiyat usuli, ya’ni ma’muriy huquq yordamida ikki xo‘jalik tashkilotining mulkiy munosabatini tartibga solib turibdi. Fukarolik huquqi esa mazkur tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarni tartibga soladi. Fuqarolar ishtirokidagi ko‘pgina fuqarolik-huquqiy munosabatlari davlat boshkaruv aktlari orqali yuzaga keladi. Ba’zi hollarda esa mulkiy munosabatlar davlat boshqaruvi aktining o‘zidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (yani shartnomasiz, masalan, jarimalarni undirish) kelib chikadi. Ayrim hollarda davlat boshqaruv organlari davlat organi sifatida emas, balki fuqarolik huquqi normalari asosida xarakat qiluvchi - yuridik shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, davlat boshqaruvi organi biron-bir tashkilotdan binoni ijaraga olishi yoki aloqa korxonasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan telefon aloqasidan foydalanishi mumkin. Bunday hollarda davlat organi boshqaruv organi sifatida xarakat qilmaydi. Ba’zi bir ma’muriy huquq normalari mehnat huquqi normalari bilan o‘zaro bog‘liq. Ma’muriy huquq normalari mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi davlat boshqaruv organining (Mexnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining) vakolatini belgilab beradi. Mehnat munosabatlari sohasidagi boshqaruv aktlarining mazmunini mexnat huquqi tartibga solib tursa, ma’muriy xukuq esa ushbu aktlarni chiqarish tartibini belgilaydi. Masalan, fuqaro korxona bilan mexnat shartnomasini tuzganida mexnat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga kirishadi. Korxona rahbarining ishga qabul qilish to‘g‘risida chiqargan buyrugi ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadi. Davlat apparatidagi xizmat ma’muriy xukuk tomonidan xam, mexnat xukuki tomonidan xam tartibga solinadi. Ma’muriy xukuk moliya huquqi bilan xam bog‘liqdir. Moliya huquqi davlatning moliyaviy faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni, birinchi navbatda esa milliy daromadni tashkil etuvchi-pul mablag‘larining yig‘ilishi va taqsimlashni tartibga soladi. Moliya huquqida moliyaviy munosabatlarni tartibga solishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruq berish usuli (ya’ni, ma’muriy huquq usuli) ko‘p qo‘llaniladi. Moliya organlarining kompetensiyasini belgilovchi huquqiy normalar bir vaqtning o‘zida xam ma’muriy huquq, xam moliya huquqi normasi xisoblanadi. Moliya organlari qarorlarining mazmunini belgilovchi normalar - moliya xukuki normalaridir. Moliya organlari ishini tashkil etish esa, ma’muriy xukuk normalari bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, ma’muriy huquq moliya sohasidagi boshqaruv munosabatlarini tartibga solsa, moliya huquqi moliyaviy munosabatlarning o‘zini tartibga ooladi. Masalan, soliq organlari soliqlarni undirish jarayonida moliya xukuki tomonidan tartibga solinadigan moliyaviy munosabatlarga kirishadilar. Solik organlari tomonidan chiqariladigan aktlar ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadi. Ma’muriy xukuk jinoyat huquqi bilan xam chambarchas bog‘liq.. Ma’muriy huquq o‘zida ko‘pgina umummajburiy bo‘lgan qoidalarni (masalan, yul xarakati, pasport tizimi, sanitariya va x.k.) o‘zida mujassamlashtiradi. Bu koidabuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Lekin ayrim hollarda ya’ni takroran sodir etilganda yoki og‘ir oqibatlarga olib kelganida, mazkur qoidabuzarlik jinoiy javobgarlikni xam keltirib chiqarishi mumkin. Ma’muriy xukuk fani qanday xukukbuzarliklar ma’muriy huquqbuzarlik xisoblanishini belgilab beradi. Download 24.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling