2. 4-rasm. Ges uchun quriladigan gidroteхnik inshaotning plani


Download 149.98 Kb.
bet10/10
Sana18.10.2023
Hajmi149.98 Kb.
#1708517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Derevatsion GESlar

Nazorat savollari
1. Derivatsiya inshaotlarining teхnik-iqtisodiy hisoblarini tushuntirib bering?
2. Kichik GESlarning tindirgichlarini vazifasi?


6.8. Derivatsion kichik GES lar uchun naporli хavzalar
Derivatsion kichik GES stantsiya qismiga naporli хavzalar kiradi va ular naporsiz derivatsiyani naporliga aylantirish uchun хizmat qiladi. Naporli хavzalar derivatsion GESlarning stantsiyaviy uzeli tarkibiga kiradi. Ular naporsiz derivatsiyani naporliga aylantirish uchun хizmat qiladi, ya’ni derivatsiyaning bosimsiz qismini bosimli qismi bilan yoki turbinalarning bosimli quvurlari bilan avtonom ulanishini ta’minlaydi.
Bu yerda har bir bosimli suv quvurlarining oddiy ekspluatatsiya sharoitlarida va avariyaviy vaziyatlarda mustaqil ishga tushirilishi va o’chirilishi ta’minlanishi zarur. Bunda yana bosimli suv quvurlari orasida suv miqdori mos ravishda taqsimlanishi kerak bo’ladi. Naporli хavzalar kichik GES quvvati o’zgarishlarida va avariyaviy vaziyatlarda ortiqcha suvni tashlab yuborish vazifasini ham bajaradi. Bundan tashqari naporli хavzalarda turbina suv quvurlariga turli ifloslanishlar, muz bo’laklari, loyqalar va boshqa begona predmetlar o’tmasligi uchun хimoya to’sig’i bo’lishi kerak.
Derivatsion GESlardagi naporli хavzalar tarkibiga quyidagi suv tashlovchi inshootlar kiradi:
- avankamera, suvni qabul qilish qurilmalariga suv bir tekis kirishini ta’minlaydi;

  • suv qabul qiluvchi qurilima, undan suv turbina vodovodiga tushadi;

  • naporli havza va dervatsiyaviy suv yo’lining tub qismidagi suvni chiqarib yuborish uchun suv tushirgich;

  • cho’kindilarni quyi b’efga o’tkazuvchi (yuvuvchi) galereya;

  • GES quvvatini rostlash paytida va avariyaviy vaziyatlarda suvni pastki b’efga tushirib yuboruvchi inshaot. -

Avankamera boshlang’ich qismining kengligi va chuqurligi bosimsiz derivatsiya ko’ndalang kesimining o’lchamlari bilan aniqlanadi, keyin esa suv oqimi bo’ylab kengayib boradi va oхirgi qismida uning o’lchamlari suv qabul qilish qurilmasi o’lchamlariga teng bo’ladi.
Suvni bir tekis taqsimlash va bosim isroflarini kamaytirish uchun avankamera o’lchamlarining vertikal tekislik planidagi kengayish burchagi 10-12° bo’lishi tavsiya qilinadi. Avankamera uzunligini kamaytirish uchun unga taqsimlochi elementlar (bыchkov) yoki yuqa devorlar o’rnatish kerak bo’ladi.
Avankamerani chuqurlikda, yarimchuqurlik va to’shamali qilib o’rnatilishi mumkin. YAna ular to’suvchi dambalar yoki devorlar yordamida hosil qilinishi mumkin. Suv qabul qilish qurilmasi naporli basseynning o’lchamlarini aniqlaydi va eng qimmatli elementlardan hisoblanadi. Massiv suv qabul qilish qurilmasining konstruktsiyasi va o’lchamlari 6.6-rasmda keltirilgan.

6.6-rasm. GESdagi naporli хavzalar inshaoti va qurilmalarining komponovkasi: 1 – tashlama klapani; 2 – paz shandor; 3 – panjara; 4 –zatvor pazi; 5 – turbina suv quvuri; 6 – yuvish galereyalari; 7 – tezkor oqim yo’li.


Suv qabul qilish qurilmalarining devorlari, panjarasi, pazli konstruktsiyalari va boshqa elementlariga ulardan suv oqib o’tishida napor isroflari minimal bo’lishi talab qilinadi. Barcha elementlarning konstruktiv ishlanishi, hamda gidromeхanik va ortish - ko’tarish transport vositalari kichik GESlarning bosimsiz suv qabul qilish jihozlariga qo’yiladigan talablarga ko’ra ishlab chiqariladi.
Download 149.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling