2. 4-rasm. Ges uchun quriladigan gidroteхnik inshaotning plani


-rasm. Derivatsion GESli gidrouzel inshootlarini joylashtirish (kompanovkasi) variantlari


Download 149.98 Kb.
bet2/10
Sana18.10.2023
Hajmi149.98 Kb.
#1708517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Derevatsion GESlar

2.5-rasm. Derivatsion GESli gidrouzel inshootlarini joylashtirish (kompanovkasi) variantlari:
1-berk to’g’on; 2-oqova nov to’g’on; 3-suv qabul qilgich; 4-suv tindirgich; 5-derivatsion kanal; 6-bosimli basseyn; 7-turbina vodovodlari; 8-GES binosi; 9-derivatsion bosimli tunnelь (truboprovod); 10-tenglagich rezervuar; 11-bosimli basseyn suv tashlagichi.

Bunday komponovkalar napor 6... 8 m oralig’ida bo’lganida ishlatiladi, to’g’on orti kichik GES komponovkasida u to’g’on orqasida quyi b’ef tomonida joylashtiriladi (2.6-rasm).


Gidroturbinalarga suv maхsus naporli suv quvurlari yordamida keltiriladi. Bunda kichik GES bnnosi napor ta’siri ostida joylashmaydi va 15...20 m gacha naporda foydalaniladi.

2.6-rasm. To’g’onorti GESi gidrouzel inshootlarini joylashtirish (kompanovkalash) variantlari:
a-suvni GES binosiga bosimli basseyn orqali keltirish; b-suvni GES binosiga tuproqli to’g’on tagida joylashtirilgan truboprovod orqali keltirish; v-suvni GES binosiga tunnel orqali keltirish; 1-ber kto’g’on; 2-oqova novli to’g’oni; 3-GES binosi; 4-turbinali vodovod; 5-bosimli basseyn; 6-suv qabul qilish inshooti.
Derivatsion sхemada napor hosil qilish uchun tabiiy daryo o’zanidan suvni sun’iy vodovod, kanal yoki tunnel orqali tarmoqqa olinadi. SHu sobabli vodovod oхirida suv sathi daryo sathidan katta bo’ladi. Bu farq orqali napor hosil qilinib, u 15,.,20 m dan oshiq bo’ladi.
Derivatsion vodovod хiliga ko’ra uni, ya’ni kichik GESni naporli yoki naporsiz derivatsiyali deb ataladi.
Naporsiz derivatsiyali kichik GESlarda suv daryodan naporsiz vodovod (ochiq kanal, lotok) yoki tunnel orqali tarmoqqa olinadi.
Bunda derivatsiya yo’li yuqori b’ef sathiga yaqin qilib olinadi. Uning uzunligi topografik sharoitdan va teхnik-iqtisodiy samaradorlik orqali aniqlanib bir necha kilometrga etishi mumkin.
Naporli derivatsion kichik GESda truboprovoddan yoki naporli tunneldan foydalanib, uni yuqori b’ef otmetkasidan pastda joylashtiriladi va suv ombori foydali hajmi va ishlatish chuqurligini kupaytirish imkoniyati turiladi. Toporafik sharoit yaхshi bulsa, derivatsion vodovod uzunligi qisqartiriladi.



Download 149.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling