2. Abraziv kesuvchi asboblarning tasnifi


Abraziv kesuvchi asboblar uchun materiallar


Download 100.57 Kb.
bet2/13
Sana31.01.2024
Hajmi100.57 Kb.
#1818797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abraziv materiallar

1. Abraziv kesuvchi asboblar uchun materiallar


Abraziv kesuvchi asboblar yuqori unumdorlik, ishlov berishni yuqori aniqligi va yuzalarning kichik g’adir-budirligini ta’minlaganligi uchun ular na faqat toza ishlov berishda, balkim chuqur jilvirlash usuli bilan shakldor yuzalarni hosil qilishda ham keng qo’llaniladi. Abraziv kesuvchi asboblar bilan qiyin ishlov beriluvchi o’ta qattiq materiallar va qattiq qotishmalarga ishlov berish iqtisodiy samarali bo’ladi.
Ishlov berish vaqtida zagotovka yuzalarini (ayniqsa po’latdan tayyorlangan zagotovkalarning yuzalarini) kuydirib qo’ymaslik maqsadida moylash-sovitish suyuqliklari qo’llaniladi. Cho’yandan tayyorlangan zagotovkalar, ko’pincha, sovitish suyuqligisiz jilvirlanadi. Metallarni kesib ishlashning boshqa turlari bilan taqqoslab ko’rilsa, jilvirlash jarayonining ancha murakkab ekanligi ayon bo’ladi, chunki jilvirlash asbobida abraziv donachalar uzlukli joylashgan, ularning kesuvchi elementlarini geometriyasi turli xarakterda, qirindi hilma-hil va nomuntazam shaklli, qirindini kesib olish uchun sarflanadigan vaqt juda qisqa va hokazo.
Jilvir toshlar yuqori tezlikda aylanib, ishlov berilayotgan zagotovkaning yupqa, sayoz qatlamini o’z donachalarining kesuvchi qirralari vositasida kesib oladi. Jilvirlash toshi bitta donasining qirindi kesib olishi uchun sarf bo’ladigan vaqt sekundning 1/10000 ulushi va undan kichik qiymatni tashkil etadi. Jilvirlash jarayonida +12000S va undan ortiq darajada yuqori xarorat hosil bo’lishining sababi shuki, bunda jilvir tosh juda yuqori tezlik bilan aylanadi, jilvir toshning ko’pdan-ko’p abraziv donalari ko’pchilining oldingi burchagi manfiy, orqa burchagi esa juda kichik qiymatga ega bo’ladigan tarzda joylashadi. 1-rasmda abraziv donachalari bilan kesish jarayoni ko’rsatilgan.
Jilvirlash yo’li bilan turli: yumshoq metall (alyuminiy), qattiq qotishma va qattiq materiallargacha ishlov beriladidi. Ko’pincha, jilvirlash usuli termik ishlangan detal va asboblar uchun qo’laniladi. Jilvirlash usulidan detallarning yuzalariga tozalab ishlov berishdagina emas, balki ishlov berilmagan zagotovkalarni ishlashda ham foydalaniladi. Jilvirlash usuli shtamplangan va quyma zagotovkalarni tozalashda ham qo’llaniladi.

1-rasm. Abraziv donachalari bilan kesish jarayoni
Abraziv kesuvchi asboblar o’zining asosida donachalar, kukunlar shaklida ishlab chiqariluvchi yuqori qattiqlik, mustahkamlik, issiqlik o’tqazuvchanlik va eyilishga chidamli bo’lgan abraziv materiallardan tashkil topgan. Tayyorlanish usuli bo’yicha abraziv kesuvchi asboblar tabiiy va sunьiy turlariga bo’linadi. Sunьiy abraziv kesuvchi materiallarga elektrokorundlar, kremniy karbidlari, bor karbidlari
olmoslar va elьborlar kiradi.

Download 100.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling