2. Abraziv kesuvchi asboblarning tasnifi


Download 100.57 Kb.
bet5/13
Sana31.01.2024
Hajmi100.57 Kb.
#1818797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abraziv materiallar

Magnezial bog’lovchi (M). Magnezit bilan kalьtsiy xlorid aralashmasidan iborat. Bu bog’lovchi yordamida tayyorlangan jilvir toshlarning mustaxkamligi kichik bo’lganligi sababli ular tez va notekis yeyilish oqibatida o’z shaklini yo’qotadi. Silikat va magnezial bog’lovchilar abraziv donachalari bilan zaif birikadi va nam ta’sirida puxtaligini yo’qotadi, bu bog’lovchilar yordamida tayyorlangan jilvir toshlarni sovutuvchi suyuqlik qo’llanilmaydigan jilvirlash jarayonida qo’llaniladi.
Vulkanit bog’lovchi (V). Sintetik kauchukka 25 % gacha oltingugurt qo’shib tayyorlanadi. Hosil qilingan massa qorishtiriladi va unga abraziv material aralashtiriladi. Qorishtirilgan massa tegishli qalinlikka kelgunicha qadar yoyiladi (jo’valanadi) va undan talab etilgan diametrdagi doiralar (toshlar) kesib olinadi. Vulkanit bog’lovchi yordamida tayyorlangan jilvirlash asboblarining qattiqligi va elastikligi yuqori. Bog’lovchining bu fazilati qalinligi 0.8 mm.gacha va diametri 150 mm bo’lgan jilvir toshlar tayyorlashga imkon beradi. Bu jilvir toshlar katta (75 m/sek.gacha) aylanma tezliklarda ishlaydi, yonbosh zarblarga hamda nam ta’siriga chidamli. Ular qirqib tushirish ishlarida, detallarni nozik jilvirlash va dovodkalash hamda jilolashda qo’llaniladi.
Vulkanit bog’lovchilar yordamida tayyorlangan jilvir toshlarning kamchiligi ularda kam g’ovak bo’ladi, bu esa tez silliqlanib qolishga olib keladi, bundan tashqari, haroratning ko’tarilishiga ularning chidamliligi past: 150-2000 haroratdayoq bog’lovchi yumshaydi va abraziv donachalar bog’lovchiga botib kiradi, bu esa ko’p miqdorda sovituvchi suyuqlik ishlatishni talab etadi.
Bakelit bog’lovchi. (B). Karbol kislota bilan formalindan sun’iy smola – bakelit tarzida tayyorlangan. Bakelit bog’lovchili jilvir toshlar yetarli darajada puxta va elastik bo’ladi. Bu bog’lovchi yordamida tayyorlangan jilvir toshlar turli – tuman ishlar uchun, shuningdek, qirqib tushirishda va shakldor yuzalarni jilvirlashda qo’llaniladi. Ular sovutish suyuqligisiz ham, sovutish suyuqligini qo’llagan holda ham jilvirlashda 75 m/sek.gacha tezlikda ishlashga imkon beradi.
Bakelit bog’lovchili jilvir toshning kamchiligi: 1800S dan yuqori haroratgacha qizdirilganida ularning puxtaligi pasayadi, ishqoriy (kontsentratsiyasi 1.5 % dan ortiq bo’lgan eritmalar tarzidagi) sovutish suyuqligi ularni yemiradi.
Jilvirlash asbobining qattiqligi bog’lovchining ish vaqtida kesish kuchi ta’siri ostida abraziv donachalarning uvalanishidan saqlab tura olish xususiyati bilan xarakterlanadi. Jilvirlash asbobining qattiqligi abraziv material donachalarining qattiligiga emas, balki bog’lovchi moddaga bog’liqdir. Jilvirlash asbobining normal ishlashi uchun bog’lovchi modda abraziv donachalari o’tmaslashib borgan sari ularning asbob yuzasidan uzilib ketishiga va o’tkir kesuvchi asbob yuzasidan uzilib ketishi va o’tkir kesuvchi donalar yangi qavatlarining ochilishiga qarshilik qilmasligi kerak. Jilvir toshning bunday yangilanib turishi asbobning ishlashi vaqtida o’z – o’zidan charxlanuvchanligi deb ataladi.
Bog’lovchi yumshoq bo’lsa, abraziv donalar oson ajralib ketadi va jilvirlash asbobi, notekis yeyilish sababli, o’z shaklini yo’qotadi, natijada uni tez – tez charxlab turish kerak bo’ladi. Bog’lovchi qattiq bo’lganida o’tmaslashib qolgan abraziv donalar ko’chib tushmaydi, jilvirlash toshining yuzasi tekislanadi, g’ovaklari maydalangan material va qirindi bilan berkiladi, buning oqibatida jilvirlash asbobi silliqlanib qoladi. Bu esa issiqlik hosil bo’lishiga olib keladi va ishlov berilayotgan yuzaning kuyishiga sabab bo’ladi.

Download 100.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling