2. Abraziv kesuvchi asboblarning tasnifi
Download 100.57 Kb.
|
Abraziv materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Silikat bog’lovchi ( S ).
- Magnezial bog’lovchi ( M ).
Keramik bog’lovchilar (bular K xarfi bilan belgilanadi). Bog’lovchining asosi oq rangli o’tga chidamli gil, kvarts, dala shpati, talьk va chaqmoqtosh kukunidir. Bu komponentlar abraziv donalar bilan qorishtirilib, yuqori bosim ostida presslanib quritiladi va 130014000 haroratda pishiriladi.
Keramik bog’lovchi vositasida tayyorlangan jilvir toshlarning g’ovakligi yuqori, bog’lovchisining qattiqligi bir tekis va kesish hossalari yaxshi bo’ladi. Abraziv donachalar yoyila borgan sari keramik bog’lovchi uvalanadi, natijada navbatdagi donachalar ochilib qoladi, shuning uchun jilvir tosh o’zining kesish hossalarini yo’qotmaydi. Bundan tashqari, jilvir tosh tez silliqlanib qolmaydi va zakotovkani kuchli darajada qizdirmaydi, sovuqqa chidamli va sovituvchi suyuqlik ta’siriga bardoshli. Keramik bog’lovchili jilvir toshlar (maxsus vazifalar uchun mo’ljallangan toshlardan va boshqalar) 35 m/sek dan oshmaydigan aylana tezliklarda ishlaydi, maxsus ishlar uchun mo’ljallangan toshlar esa 50 m/sek.gacha bo’lgan tezliklarda ham ishlay oladi. Keramik bog’lovchili jilvir toshlardan jilvirlash ishlarining qariyb barcha turlarida foydalaniladi. Keramik bog’lovchili jilvirlash toshlarining kamchiligi: elastik emas, mo’rtligi yuqori, zarbiy yuklanishlarga chidamli, ulardan nozik toshlar yasab bo’lmaydi. Silikat bog’lovchi (S). Uning tarkibi quyidagicha: chaqmoqtosh, kukuni, suyuq shisha va gil. Silikat bog’lovchi yordamida tayyorlangan jilvirlash toshlari yumshoq, ammo g’ovak bo’ladi. Bu bog’lovchi asosidagi toshlar mustaxkam bo’lib, ishlash vaqtida notekis yeyiladi va o’z shaklini yo’qotadi. Bunday jilvirlash toshlari, odatda, sovituvchi suyuqliksiz ishlatiladi, ular bilan jilvirlangan yuzalar toza chiqadi, lekin bu toshlarning ish unumi yuqori emas. Ular nafis jilvirlash uchun qo’llaniladi. Magnezial bog’lovchi (M). Magnezit bilan kal’tsiy xlorid aralashmasidan iborat. Bu bog’lovchi yordamida tayyorlangan jilvir toshlarning mustaxkamligi uncha katta bo’lmaydi va ular tez va notekis yeyilish oqibatida o’z shaklini yo’qotadi. Silikat va magnezial bog’lovchilar abraziv donachalari bilan zaif birikadi va namlik ta’sirida puxtaligini yo’qotadi, bu bog’lovchilar yordamida tayyorlangan jilvir toshlardan sovutish suyuqligi qo’llanilmaydigan jilvirlashda foydalaniladi. Bularning barchasisi silikat va magnezial bog’lovchilardan keng foydalanishga imkon bermaydi. Download 100.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling