2. Abraziv kesuvchi asboblarning tasnifi
Olmosli jilvirlash toshlari
Download 100.57 Kb.
|
Abraziv materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jilvirlash asbobining strukturasi
Olmosli jilvirlash toshlari mis yoki alyuminiy korpusdan tayyorlanib, uning ustiga 1,5 – 3 mm (kamdan kam xollarda, yuqori aniqlik talab etiladigan ishlarda 10 – 20 mm.gacha) qalinlikda qilib olmos qavati qoplanadi. Olmos qavati olmos donalari (25 – 50% va undan ortiq), bog’lovchi material (bronza, bakelit, keramika va boshqalar) xamda to’ldirgichlar (donadorligi №180 dan №240 gacha bo’lgan qattiq minerallar) dan iborat bo’ladi.
Olmosli jilvirlash toshlari ishlov berilgan yuzaning aniq va toza (10 – 12 aniqlik sinfida) chiqishini ta’minlaydi. Olmosli jilvirlash toshlari qattiq qotishmadan tayyorlangan kesuvchi asboblarni, o’lchash asboblarini, shtamplarning detallarini charxlash xamda qayrashda, qimmatbaxo toshlarni jilvirlash va jilolashda ishlatiladi. Olmosli jilvirlash toshlari xar xil shaklda – yassi, kosa nusxa, tarelka nusxa profilli qilib va boshqa shakllarda tayyorlanadi. Jilvirlash asbobining strukturasi. Jilvirlash asbobining strukturasi deganda abraziv donalar, bog’lovchi va g’ovaklarning muayyan nisbati tushiniladi. Struktura turlarining uch gruppasi mavjud bo’lib, ular 13 nomerdan iborat: № 0,1,2,3 – abraziv donalarning xajmi 56 – 62 % ni tashkil etadigan zich strukturalar: № 4,5,6 – abraziv donalarning xajmi 50 – 54% ni tashkil etadigan o’rtacha zichlikdagi struktura; № 7,8.9,10,11,12 – abraziv donalarning hajmi 38 – 48% ni tashkil etadigan ochiq strukturalar. Amalda yumshoq va qovushqoq materillarni (latung’, alyaminiy, mis, issiqbardosh po’latlar va boshqalarni) jilvirlashda g’ovakligi yuqori jilvirlash toshlari – 13 dan 18 gacha nomerli toshlar ishlatiladi, ularda mayda va yirik g’ovaklar xajmi jilvirlash toshi xajmining 70 % i tashkil etadi va g’ovaklarning ko’ngdalang o’lchami 0.3 dan 0.5 mm gacha bo’ladi. (3-rasm). Abraziv donalarning joylashish tig’izligi presslash yo’li bilan jilvirlash asbobi tayyorlashda qolipga tushadigan bosim qiymatiga bog’liq. Jilvirlash toshlarida g’ovaklar to’ldirgichlar –toshko’mir, yog’och qipiqlaridan foydalanish yo’li bilan xosil qilinadi, bu to’ldirgichlar jilvirlash toshi massasini pishirishda kuyib ketadi va ularning o’rin g’ovak bo’lib qoladi. G’ovak toshlarining g’ovaklariga qirindi kam to’ladi, chunki jilvirlash asbobining ishlashi vaqtida xosil bo’ladigan markazdan qochirma kuchlar qirindini g’ovakdan chiqarib yuboradi. G’ovaklarga yutiladigan havo xamda sovitish suyuqligi jilvirlash toshini va ishlov berilayotgan zagotovkani yaxshi sovutib turadi. 3-rasm. Bog’lovchisi, qattiqligi va donadorligi bir hil bo’lgan asboblarning strkturasi: a – zich; b – o’rtacha zichlikdagi; v – ochiq; g – g’ovakligi yuqori Jilvirlash toshining chetdagi bian doiraviy jilvirlash, ichki jilvirlash va yassi jilvirlash ishlarida 5-6 sonli strukturalarni, jilvirlash toshining toretsi bilan yassi jilvirlashda 3 va 4 raqamli strukturali toshlardan foydalanish tavsiya etiladi; mo’rt materiallarga ishlov berishda zichligi o’rtacha bo’lgan strukturali toshlardan foydalanish maqul. G’ovakligi yuqori – 10 va undan katta raqamli jilvirlash toshlari jadal jilvirlashda, shuningdek, yumshoq va qovushoq materiallarni jilvirlashda ishlatiladi. Download 100.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling