2. Abraziv kesuvchi asboblarning tasnifi


Download 100.57 Kb.
bet12/13
Sana31.01.2024
Hajmi100.57 Kb.
#1818797
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abraziv materiallar

3. Abraziv kesuvchi asboblarni dastgoh shpindeliga

o’rnatish va mahkamlash


Abraziv kesuvchi asboblarni dastgoh shpindeliga mahkamlash ishonchli bo’lishi kerak va jilvir toshda ichki kuchlanishlarni hosil qilmasligi kerak. Bir tekis va ravon qisishni ta’minlash maqsadida flanets bilan jilvir tosh orasida 0,5...3,0 mm qalinlikdagi teri, kigiz, rezina yoki kartondan tayyorlangan qistirmalar o’rnatiladi. Teshik zonasida kuchlanishning hosil bo’lishini oldini olish va shpindelni o’rnatuvchi yuzasini yoki mahkamlovchi moslamaning o’rnatuvchi yuzasining shikastlanishini oldini olish maqsadida 0,1...0,8 mm tirqish bilan o’rnatiladi. 4-a...d rasmlarda jilvir toshlarni mahkamlash usullari, 4-e rasmda segmentli jilvir toshlarni mahkamlash uchun planshaybaning konstruktsiyasi ko’rsatilgan. Segmentli jilvir toshlar yassi jilvirlash dastgohlarida jilvir toshni torets qismi bilan jilvirlashda qo’llaniladi.
Olmosli va elьborli jilvir toshlarni mahkamlash ham yuqoridagi kabi bir hil. Metall korpusli jilvir toshlar shpindelga N7/h6 o’tqazish bilan mahkamlanadi. Ularni mahkamlashda odatda qistirmalar qo’llanilmaydi.
Dastgohga o’rnatishdan oldin jilvir toshlarni mikroyoriqlar va boshqa defektlarni mavjudligiga tekshirilib, maxsus stendda ishchi tezlikka nisbatan 1,3...1,5 marta yuqori tezlikda mustahkamlikka sinovdan o’tkazilishi lozim.
Jilvir toshlarni dastgohga quyidagi talab asosida o’rnatishni tavsiya etiladi: jilvir toshlarni flanets yoki planshaybaga yig’ib bo’linganidan so’ng, uni maxsus moslamalarda yoki dastgohning o’zida muvozanatlovchi suxariklar yordamida muvozanatlanishi kerak. 5-rasmda jilvir toshlarni muvozanlash uchun mahsus moslama va avtomatik muvozanatlaydigan moslamaning sxemasi keltirilgan.

4-rasm. Jilvir toshlarni dastgohda mahkamlash usullari:
a shpilkaga elimlab; b – vint bilan mahkamlab; v, g shpindelga vint va
flanets bilan; d – o’tuvchi flanets bilan; ye – planshaybaga o’rnatilgan segmentli jilvir toshlar

25.5-rasm. Muvozanatlash uchun qurilmalar (a,b) va avtomatik ravishda muvozanlovchi moslamaning sxemasi (v)
Jilvir toshlar o’rnatilib ishlaydigan dastgohlar himoya kojuxi bilan jihozlangan bo’lishi kerak (6-rasm). Kojuxni o’rnatishda jilvir tosh bilan kojux orasidagi tirqish 6 mm.dan katta bo’lmasligi kerak. Jilvirlash dastgohlari ventilyatsiya qurilmalari va alohida to’siqlar bilan jixozlangan bo’lishi kerak.

6-rasm. Dastgohga himoya kojuxini o’rnatish sxemalari:
a – charxlash (90°° va 125°); b – dumaloq va markazsiz jilvirlash;
v yassi jilvirlash; g – ko’chma egiluvchan valli


Download 100.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling