2. Abraziv kesuvchi asboblarning tasnifi


Download 100.57 Kb.
bet1/13
Sana31.01.2024
Hajmi100.57 Kb.
#1818797
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abraziv materiallar

Abraziv kesuvchi asboblar

Reja:



1. Abraziv kesuvchi asboblar uchun materiallar

2. Abraziv kesuvchi asboblarning tasnifi


3. Abraziv kesuvchi asboblarni dastgoh shpindeliga o’rnatish va mahkamlash


Abraziv kesuvchi asboblar – fizik mexanik xossalari turli hil bo’lgan (mustahamlik, issiqlik o’tkazuvchanlik, ishlov beriluvchanlik va boshq.) mashinalarning detallariga, agregatlari va mexanizmlariga ishlov berishda keng qo’llaniladi. Abraziv kesuvchi asboblar ishlov berishning IT6...IT8 gacha aniqligini va yuzalar – g’adir budirligini
Ra 2,5…0,20 mkm va Rz 2,5…0,10 mkm. gacha ta’minlaydi.
Abraziv kesuvchi asboblar – turli detallarga (podshipnik detallari, tishli juftlik, vallar, shakldor detallar, kesuvchi asboblar va boshqalar) abraziv ishlov berishga mo’ljallangan bo’lib, ular jilvirlash materiallarining donachalarini bir – biri bilan bog’lovchi vositalar yordamida biriktirilgan holda bo’ladi.
Tig’li kesuvchi asboblarga nisbatan abraziv kesuvchi asboblar to’liq kesuvchi qirralarga ega emas, bunda abrazib donachalar bir biriga insbatan ma’lum bir masofada joylashgan. Donachalar tartibsiz holda joylashib noto’g’ri geometrik shaklga ega. Abraziv kesuvchi asboblar bilan kesish jarayoni alohida donachalar tomonidan qo’yimning yupqa qatlamini kesishi hisobiga amalga oshriladi. Bunda abrazib donachalarni yuqori qattiqligi va issiqlik o’tkazuvchanligi juda qattiq materiallarni yuqori kesish tezligida kesish imkonini beradi.
Abraziv donachalar bilan zagotovkani birikish zonasida o’ta yuqori harorat (1000...1600°S) hosil bo’ladi, bu esa ishlov berilgan detalning yuzasida qoldiq kuchlanish va jilvirlash yoriqlarini paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Abraziv kesuvchi asboblar quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi:

  • geometrik shakli bo’yicha – jilvirlash toshlari, jilvirlash kallaklari, segmentlar, brusoklar, abraziv lentalar va jilvir qog’ozlar;

  • abraziv material turi bo’yicha – abraziv, olmosli, elborli va boshq;

  • asosini turi bo’yicha – bikr (jilvirlash toshlari, jilvirlash kallaklari, segmentlar, brusoklar; egiluvchan (elastik toshlar, abraziv lentalari va jilvir qog’ozlar); suyuq (pastalar, suspenziyalar).


Download 100.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling