2. Abraziv kesuvchi asboblarning tasnifi


Abraziv kesuvchi asboblarning tasnifi


Download 100.57 Kb.
bet6/13
Sana31.01.2024
Hajmi100.57 Kb.
#1818797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abraziv materiallar

2. Abraziv kesuvchi asboblarning tasnifi


Qattiq asosga o’rnatilgan abraziv kesuvchi asboblar o’zining shakli va o’lchamlari, jilvirlash materiali, uning donadorligi, bog’lovchisi, qattiqligi, aniqligi, muozanatlanmaganligi, olmosli va elьborli asboblar, bundan tashqari ishchi qatlamda donachalarninng jamlanganligi bilan xarakterlanadi.
Shakli va o’lchamlari. Abraziv asboblarning geometrik parametrlari, ularni o’rnatib ishlatiluvchi datgohga bog’liq holda, ishlov beriluvchi yuzalarning shakli va o’lchamlari hamda asboblarning xarakat kinematikasiga asosan olinadi.
Jilvir toshlar (2-a rasm) bosh xarakat aylanma ko’rinishida bo’lganida qo’llaniladi. Shuning uchun turli shaklli aylanma jism ko’rinishida bo’ladi.
To’g’ri profilli yassi jilvir toshlarni (PP) aylanma tashqi, ichki va markazsiz jilvirlashda hamda kesuvchi asboblarni charxlashda va dilvir tosh torets qismi bilan yassi jilvirlash ishlarida qo’llaniladi. Ikki tomonlama konussimon profilli yassi jilvir toshlarni (2P) shesternyalar tishlarini va rezьbalarni jilvirlashda qo’llaniladi.
Tsilindrsimon va konussimon chashka ko’rinishli jilvir toshlarni (ChTS va ChK) kesuvchi asboblarni charxlash va torets tomoni bilan yassi jilvirlash ishlarida qo’llaniladi.
Tarelkasimon jilvir toshlarni (T) frezalarning oldingi qirralarini charxlash va boshqa kesuvchi asboblarning tishlariga ishlov berish uchun qo’llaniladi.
Olmosli jilvir toshlar (2-b rasm) yassi to’g’ri profilli, tarelkasimon, diskli va boshqa ko’rinishda bo’lib, qattiq qotishmali kesuvchi asboblarni charxlash va yetiltirish hamda vintli ishlov beriluvchi detallarni jilvirlash va nometall materiallarni kesish uchun qo’llaniladi.
Elborli jilvir toshlar ham olmosli jilvir toshlar kabi shakllarga ega bo’lib, ularni toblangan po’latlarni (>60 HRS) jilvirlash, tezkesar po’latlardan tayyorlangan kesuvchi asboblarni charxlash, rezьbalarga ishlov berishda hamda issiqbardoshli va zanglashga chidamli po’latlarga ishlov berishda qo’llaniladi.
Jilvir toshlarning o’lchamlarini katta olish tavsiya etiladi. Bunda jilvirlash sharoiti yaxshilanib ishlov berish tannarxi pasayadi. Jilvir toshning yuqorigi chegaraviy o’lchamlari dastgohning konstruktsiyasi va o’lchamlariga asosan olinadi, ba’zida ishlov beriluvchi zagotovkaning o’lchamlari va shakli bilan chegaralanadi.
Masalan, teshiklarga ishlov berishda jilvir toshning diametri
(0,7...0,9)d0 bo’lishi kerak.

Download 100.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling