2. Abraziv kesuvchi asboblarning tasnifi
Download 100.57 Kb.
|
Abraziv materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monokorund .
- Kremniy karbidi
Elektrokorund. Ushbu material toza giltuproqni elektr pechlarida suyuqlantirish yo’li bilan olinadigan kristall holidagi alyuminiy oksidning miqdoriga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi:
tarkibida 87-97% alyuminiy oksidi bo’lgan E markali normal elektrokorund (alund); uning rangi qizg’ish pushti yoki jigar rang bo’ladi; tarkibida 97-99% alyuminiy oksidi bo’lgan EB markali oq elektrokorund. Elektrokorund donalarining suyuqlanish harorati 1950-20500 S bo’lib elektrokorundlarni toblanmagan va toblangan po’latga, bog’lanuvchan cho’yanga, yumshoq bronzaga ishlov berishda qo’llaniladi. Monokorund. Bu abraziv material tarkibiga 0,9% temir oksidi bo’lib, M bilan belgilanadi. Monokorundning kesish va mexanik hossalari E va EB elektrokorundlarnikiga qaraganda ancha yuqori. Monokorundan tayyorlangan jilvirlash toshlari kesuvchi asboblarni charxlash va yuzalarning yuqori tozalikda bo’lishi talab etiladigan jilvirlash turlari uchun ishlatiladi. Kremniy karbidi (karborund). Bu material kremniy bilan uglerodning kimyoviy birikmasi bo’lib, toza kvarts qumiga neft koksi yoki antratsit qo’shib, elektr pechlarida 1900 – 21000S haroratda suyuqlantirish yo’li bilan olinadi. Kremniy karbidining ikki turi ishlab chiqariladi: qora tusli kremniy karbid. Buning tarkibida 97-98% SiC va 0.6-0.7 % Fe2O3 bo’ladi va KCh bilan belgilanadi. Bu karbid alyuminiy, bronza, latun, mis kabi rangli metallar, cho’yan va plastikligi kam bo’lgan boshqa materiallarni jilvirlashda qo’llaniladi; yashil kremniy karbid. Uning tarkibi 96-99% SiC dan iborat bo’lib KZ bilan belgilanadi. U materialning mexanik xossalari ancha yuqori bo’lib, qattiq qotishma bilan ta’minlangan turli hil kesuvchi asboblarni charhlash va alohida muhim ishlarni bajarish uchun qo’llaniladi. Yashil kremniy karbitida jilvirlash toshlarini olmossiz charxlashda keng foydalaniladi. Borkarbid. (bor bilan uglerod birikmasi V4S). Bu material texnikaviy borat kislotaga neft koksi qo’shib, elektr pechlarida suyuqlantirish yo’li bilan olinadi. Uning tarkibi 95% gacha kristall holidagi bordan tashkil topgan. Bor karbidining qattiqligiga yaqinlashib boradi, ammo u mo’rt bo’ladi. Suyuqlantirib qotishtirilgan bor karbid tashqi ko’rinishi jihatidan qora tusli massa bo’lib, juda mayda abraziv donachalarga aylantirilgan holda, ya’ni kukun tarzida dovodkalash, pritirlash ishlarida, qattiq qotishma bilan ta’minlangan kesuvchi asboblarni charxlash va qayrash uchun qo’llaniladi. Olmos, asosan, jilvirlash toshlarini charxlashda (o’tkirlashda, tekislashda), olmosli keskichlar tayyorlashda va yuzalarining juda toza, o’lchamlarining esa aniq bo’lishi talab etiladigan detallarni jilvirlashda qo’llaniladi. Olmosdan qattiq qotishma zagotovkalarini (shtamp detallari va boshqalarni) va qattiq qotishma bilan ta’minlangan kesuvchi asboblarni charxlashda ham foydalaniladi. Download 100.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling