2. Abraziv kesuvchi asboblarning tasnifi


Download 100.57 Kb.
bet4/13
Sana31.01.2024
Hajmi100.57 Kb.
#1818797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abraziv materiallar

Bog’lovchi material – jilvirlash asbobiga zarur shakl berish uchun abraziv donalarni bir-biriga tsementlovchi modda.
Sanoatda eng ko’p ishlatiladigan bog’lovchi materiallar quyidagilar: 1. Onorganik moddalar – keramik, silikat va magnezial bog’lovchilar; 2.Organik moddalar – vulkanit va bakelit bog’lovchilar.
Keramik bog’lovchilar (K). Bog’lovchining asosi oq rangli o’tga chidamli gil, kvarts, dala shpati, talьk va chaqmoqtosh kukunidir. Bu komponentlar abraziv donalar bilan qorishtirilib, katta bosim ostida presslab quritiladi va 1300-14000 harorat ostida pishiriladi.
Keramik bog’lovchilar vositasida tayyorlangan jilvir
toshlarning g’ovakligi yuqori, bog’lovchisining qattiqligi bir tekis va kesish hossalari yaxshi bo’ladi. Abraziv donachalar yoyila borgan sari keramik bog’lovchi uvalanib tushadi, natijada navbatdagi donachalar ochilib qoladi, shu tufayli jilvir tosh o’zining kesish hossalarini yo’qolmaydi.
Bundan tashqari, jilvir tosh tez silliqlanib qolmaydi, binobarin, zakotovkani kuchli darajada qizdirmaydi, sovuqqa chidamli va sovituvchi suyuqlik ta’siriga bardoshli. Keramik bog’lovchili jilvir toshlar (maxsus vazifalar uchun mo’ljallangan toshlar va boshqalar) 35 m/sek.gacha aylanma tezliklarda ishlaydi, maxsus ishlar uchun mo’ljallangan toshlar esa 50 m/sek.gacha bo’lgan tezliklarda ham ishlay oladi. Keramik bog’lovchili jilvir toshlar jilvirlash ishlarining qariyb barcha turlarida qo’llaniladi.
Keramik bog’lovchili jilvir toshlarning kamchiligi: elastik emas, mo’rtligi yuqori, zarbiy yuklanishlarga chidamli va ulardan nozik toshlar yasab bo’lmaydi.
Silikat bog’lovchi (S). Uning tarkibi quyidagicha: chaqmoqtosh, kukuni, suyuq shisha va gil. Silikat bog’lovchi yordamida tayyorlangan jilvirlash toshlari yumshoq, ammo g’ovak bo’ladi. Bu bog’lovchi asosidagi toshlar mustaxkam bo’ladi, ammo ish vaqtida notekis yeyiladi va o’z shaklini yo’qoladi. Bunday jilvirlash toshlari, odatda, sovituvchi suyuqliksiz ishalydi, ular bilan jilvirlangan yuzalar toza chiqadi, lekin bu toshlarning ish unimi katta emas. Ular nafis jilvirlash uchun ishlatiladi.

Download 100.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling