2. Abraziv kesuvchi asboblarning tasnifi


Download 100.57 Kb.
bet9/13
Sana31.01.2024
Hajmi100.57 Kb.
#1818797
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abraziv materiallar

Vulkanit bog’lovchi (V). Sintetik kauchukka 25 % gacha oltingugurt qo’shib tayyorlanadi. Hosil qilingan massa qorishtirilib unga abraziv material aralashtiriladi. Qorishtirilgan massa tegishli qalinlikka kelguncha yoyiladi (jo’valanadi) va undan talab etilgan diametrli doiralar (toshlar) kesib olinadi. Vulkanit bog’lovchi yordamida tayyorlangan jilvirlash asboblarining qattiqligi va elastikligi yuqori. Bog’lovchining bu hossalari qalinligi 0.8 mm.gacha va diametri 150 mm bo’lgan jilvir toshlarni tayyorlashga imkon beradi. Bu jilvir toshlar katta (75 m/sek gacha) aylana tezliklarida ishlaydi, yon zarblarga hamda namlikka chidamli. Ular qirqib tushirish ishlarida, nozik jilvirlashda va dovodkalash hamda jilolashda qo’llaniladi.
Vulkanit bog’lovchilar yordamida tayyorlangan jilvir toshlarning kamchiligi, ularda kam g’ovaklik bo’ladi, bu esa jilvir toshlarni tez silliqlanib qolishiga olib keladi, bundan tashqari, ular haroratning ko’tarilishiga chidamli emas, 150–2000 haroratda bog’lovchi yumshaydi va abraziv donachalar bog’lovchiga botib kiradi, bu esa sovituvchi suyuqlikni ko’p miqdorda ishlatishni talab etadi.
Bakelit bog’lovchi. (B). Karbol kislota bilan formalindan sun’iy smola – bakelit tarzida tayyorlangan. Bakelit bog’lovchili jilvirlash toshlari yetarli darajada puxta va elastik bo’ladi. Bu bog’lovchi yordamida tayyorlangan jilvir toshlar turli ishlar, shuningdek, qirqib tushirishda va shakldor yuzalarni jilvirlashda qo’llaniladi. Ular sovutish suyuqligisiz va sovutish suyuqligi bilan ishlatib jilvirlashda 75 m/sek.gacha tezlikda ishlashga imkon beradi.
Bakelit bog’lovchili jilvir toshning kamchiligi: 1800S dan yuqori haroratgacha qizdirilganida ularning puxtaligi pasayadi, ishqoriy (kontsentratsiyasi 1.5 % dan optiq bo’lgan eritmalar tarzidagi) sovitish suyuqligi ularni yemiradi.
Jilvirlash asbobining qattiqligi bog’lovchining ish vaqtida kesish kuchi ta’siri ostida abraziv donalarning uvalanishidan saqlab tura olish xususiyati bilan xarakterlanadi.
Jilvirlash asbobining qattiqligi abraziv material donalarining qattiqligiga emas, balki bog’lovchi moddaga bog’liqdir. Jilvirlash asbobining normal ishlashi uchun bog’lovchi modda abraziv donachalari o’tmaslashib borgan sari ularning asbob yuzasidan uzilib ketishiga va o’tkir kesuvchi donachalarning yangi qavatlarining ochilishiga qarshilik qilmasligi kerak. Jilvir toshning bunday yangilanib turishi asbobning o’z – o’zidan charxlanuvchanligi deb ataladi.
Bog’lovchi yumshoq bo’lsa, abraziv donachalar oson ajraladi va jilvirlash asbobi, notekis yeyilish sababli, o’z shaklini yo’qotadi, natijada uni tez – tez charxlab turish kerak bo’ladi. Bog’lovchi qattiq bo’lganida o’tmaslashib qolgan abraziv donalar ko’chib tushmaydi, jilvir toshning yuzasi tekislanadi, g’ovaklari maydalangan material va qirindi bilan berkiladi, buning oqibatida jilvirlash asbobi silliqlanib qoladi. Bu issiqlik hosil bo’lishiga olib keladi va ishlov berilayotgan yuzaning kuyishiga sabab bo’ladi.
Quyida abraziv materialning qattiqlik shkalasi keltirilgan: M1...M3 – yumshoq; SM1 va SM2 – o’rtacha yumshoq; S1 va S2 – o’rtacha; ST1...ST3 – o’rtacha qattiq; VT1 va VT2 – o’ta qattiq; ChT1 va ChT2 – nihoyatda qattiq. Bu erda shartli belgilardagi (harflarning o’ng tomonidagi) 1,2,3 raqamlar qattiqlikning ortib borishini ko’rsatadi.
Qanday qattiqlikdagi jilvirlash toshi ishlatish kerakligi detalning o’lchami, detalning materili, ishlov beriladigan yuzaning talab etiladigan tozalik sinfi, jilvirlash usuli, kesish rejimi, jilvirlash asbobining xarakteristikasi va boshqa omillarga bog’liq. SHu sababli qanday qattiqlikdagi jilvir toshni tanlash to’g’risida umumiy tavsiyalar berish juda qiyin lekin quyidagi quyidagini tavsiya asosida tanlash tavsiya etiladi:

2-rasm. Abraziv kesuvchi asboblarning turlari:
a – abraziv jilvir toshlar; b – olmosli va elьborli jilvir toshlar;
v – jilvirlash kallaklari; g – jilvirlash brusoklari; d jilvirlash segmentlari
Ishlov beriladigan materialning qattiqligi qancha yuqori (toblangan po’lat va boshqalar) bo’lsa, jilvirlash toshi shunchalik yumshoq bo’lishi, qattiqligi kamroq materiallar uchun esa ochiq strukturali qattiqroq toshlar ishlatiladi, chunki bunday toshlarning ish unumi katta bo’ladi, tozalab jilvirlashda esa mayda donali jilvirlash toshlaridan foydalaniladi.

Download 100.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling