2. Abraziv kesuvchi asboblarning tasnifi


Abraziv asboblarning markalanishi


Download 100.57 Kb.
bet11/13
Sana31.01.2024
Hajmi100.57 Kb.
#1818797
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abraziv materiallar

Abraziv asboblarning markalanishi. Yuqorida keltirilgan shartli belgilarining barchasi jilvirlash asboblarining markalanishida
ishlatiladi. Masalan, E 63 SM2 K5PP 250×50×75 35 m/sek markadagi E – elektrokorudiy, 63 – donadorlik nomerini, SM2 – o’rtacha yumshoqlik 2ni, K – keramik bog’lovchini, 5 –struktura nomerini, PP – to’g’ri profilli yassi tosh ekanligini, 250 – toshning mm bilan ifodalanadigan sirtqi diametrini, 50 – mm bilan ifodalangan enini, 75 – teshikning mm bilan ifodalangan diametrini va 35 m/sek – toshning aylanish tezligini ko’rsatadi.
Qayroq toshlar ham huddi yuqoridagidek markalanadi, ammo farq shundaki, kvadrat qayroq toshlar BKV bilan, yassi qayroq toshlar BP bilan, doiraviy qayroq toshlar BKR bilan, uch yoqli qayroq toshlar BT va yarim doiraviy qayroq toshlar BPK bilan belgilanadi. Olmosli jilvirlash toshlarining markalarida donadorlik, bog’lovchi modda, olmos xalqaning diametri, qalinligi va eni, olmosning karat xisobidagi miqdori, jilvirlash toshining diametri va nomeri ko’rsatiladi.
Jilvirlash toshlarini sinovdan o’tkazish va o’rnatish. Jilvir toshlar yuqori (35-75 m/sek gacha) aylanish tezliklarida ishlaydi, shu sababli ularni jilvirlash dastgohiga o’rnatishdan oldin mahsus stendda sinovdan o’tkazish zarur bo’ladi, bunda ish vaqtida ro’y berishi mumkin bo’lgan xavfli hodisalarning (sinib ketish hodisalarining) oldini olish uchun undagi nuqsonlar va darzlar bor yo’qligi aniqlanadi. Jilvirlash toshini sinovdan o’tkazish oldindan u muvozanatga keltiriladi. Jilvirlash toshlari ish tezligidan 1.5 – 1.6 baravar ortiq tezlikda 5-10 minut sinaladi. Jilvirlash toshining toretslari bilan flanetslar orasiga o’rnatiladi. Jilvirlash toshining toretslari bilan flanetslar orasiga elastik materialdan (ko’n (teri), kapron, rezina va shu kabilardan) yasalgan qistirma qo’yiladi, qistirmaning qalinligi 0.5-3 mm bo’ladi. Qistirmalarning diametri flanetslarning diametrlaridan bir oz katta bo’lishi kerak. Jilvirlash toshini o’rnatish va maxkamlashda jilvirlash toshi chetlarining shpindel o’qiga nisbatan kontsentrikligi va tosh yon tomonlarining bir – biriga paralelligi tekshirib ko’riladi. Xavfsizlik texnikasiga rioya qilish maqsadida jilvirlash toshlari maxsus kojuxlar bilan himoyalanadi.

Download 100.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling