2-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Chizma geometriya va chizmachilik terminlarining tuzilish xususiyatlari. Chizma geometriya va chizmachilik terminlar etimologiyasi bilan ularga mos tushunchalarning ta’riflari orasidagi bog‘lanish


Download 409.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi409.58 Kb.
#1556381
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu. Chizma geometriya va chizmachilik terminl

 
 
 


Chizma geometriya va chizmachilik terminlar etimologiyasi bilan ularga mos 
tushunchalarning ta’riflari orasidagi bog‘lanish. 
Chizma geometriya va chizmachilik terminlarining tarixiy rivojlanishi bevosita 
mazkur fanlarning va bu fanlarga oid adabiyotlarning shakllanishi, rivojlanishi va 
taraqqiyoti bilan bogdiq. Fanning dastlabki shakllanish bosqichi albatta, chizmalarning 
paydo bodish tarixiga borib taqaladi. Chizmalarning paydo bodishi va taraqqiy etishi 
esa, insonlarning moddiy extiyojining oshishi va ho‘jalik ishlab chiqarishining o‘sishi 
bilan uzviy bogdiqdir. Buyumlarni tekislikda tasvirlash ilmining paydo bodishi va 
rivojlanish tarixi er. avv. yillarga borib taqladi. Biroq chizma geometriya fan sifatida 
faqat XVIII asrning oxirlarida fransuz muhandisi, olimi va siyosat arbobi Gospar Monj 
(1746-1818) tomonidan rasmiylashtirildi va chizma geometriya faniga asos solindi. U 
dunyodagi bir qator mamlakatlarda ortogonal proeksiyalar bo‘yicha orttirilgan ayrim 
qoida va usullarni ilmiy tizimga solib, har tomonlama ishlab chiqdi va 1799 yilda 
«Chizma geometriya» asarini yozdi. Shu davrdan chizma geometriya va chizmachilik 
fani terminologiyasining rasmiy rivojlanishi boshlandi. 
Bilamizki, dastlab Yevropa, keyinchalik Rossiya va O‘zbekistonda rivoj topgan 
chizma geometriya va chizmachilik fanlari taraqqiyoti jarayonida ko‘plab olimlarning 
qimmatli nazariy ishlari va mumtoz darslik adabiyotlari yaratildi. Bu fanlarning o‘zbek 
tilida o‘qitilish ishlari XX asr o‘rtalarida professor R.Xorunov tomonidan boshlandi. U 
kishi tomonidan V.S.Rozovning «Kurs chercheniya» kitobi va boshqa adabiyotlarning 
rus tilidan o‘zbek tilidagi tarjimasi yaratildi. Bu tarjimalar asosida fanning o‘zbek tilida 
qabul qilingan atama va terminlarining shakllanishi desak mubolag‘a bodmaydi. 
R.Xorunov va Yu.Qirgdzboevlar chizma geometriya va chizmachilikka doir 
terminologik tizimni yaratish, chegaralash va o‘zbek tili fondining alohida soha 
terminlari doirasini boyitishga ham hissa qo‘shdi. Endilikda, sohaga oid terminlar qatori 
o‘zbek tili bag‘rida o‘z o‘mim topdi. Biroq uning terminologik tizimdagi ilmiy asoslari, 
amaliy va ta’limiy masalalari, muammolari o‘z yechimini kutmoqda. 
Hamma tillarda bodgani kabi o‘zbek tilida ham o‘z va o‘zlashgan terminlar 
qatori mavjud. Ularning ayrimlari etimologik tahlilga muhtoj. Shu o‘rinda, chizma 
geometriya va chizmachilik fani terminlarini ta’lim jarayonida to‘g‘ri qodlash va 


lug‘aviy ma’nosini, ularning etimologiyasini to‘g‘ri va todiq ochib berishga erishish 
lozim. 
Shaxs kasbiy ta’lim jarayonida chinakam mutaxassis bodib shakllanishi, avvalo, 
uning tegishli sohalarga oid bilimni qanchalik mustahkam egallashiga bogdiqdir. Turli 
fan yo‘nahshlari bo‘yicha o‘zlashtiriladigan kasbiy bilimning muhim qismi kasbiy 
terminlar haqidagi bilimlardan iborat [1]. 
Albatta, o‘qituvchi, bodajak yosh mutaxassislar o‘z kasbiy sohasiga oid 
terminlarning mazmunini turli lug‘atlar [3], o‘quv-uslubiy qodlanmalar [2] yordamida 
odganilishini tashkil etishi mumkin. Ammo bunday an’anaviy yondashuv ko‘pincha 
ta’lim oluvchilarni motivlashtirish va qiziqtirish, ularni ijodiy faollikka undash nuqtai 
nazaridan o‘zini oqlamaydi. Bu yerda o‘qitishning o‘ziga xos innovatsion usullarini 
qodlash talab etiladi. Mazkur ma’ruza tezisida bir qator chizmachilik terminlari 
misolida shunday usullarning biri xususida mulohaza yuritiladi. 
Ma’lumki, “termin’’ deganda fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos 
muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bodgan so‘z yoki so‘z birikma 
tushuniladi [8,73-b.]. Har qanday boshqa so‘z kabi terminlarning ham, albatta, o‘z 
etimologiyasi, ya’ni til birligi sifatida kelib chiqish tarixi mavjud. Bizningcha, ushbu 
holatdan terminlar mazmuni bilan tanishishda foydalanish va bu bilan o‘qitish 
samaradorligini oshirishi mumkin. Buni texnologik jihatdan tashkil etishning 
usullaridan biri sifatida biz quyidagicha tasavvur qilamiz: 
1) ta’lim oluvchilarga muayyan terminning o‘zi va uning ma’nosi alohida 
tarqatma materialda taqdim etiladi [3]; 
2) tarqatma material asosini tashkil etuvchi maxsus jadvalning alohida ustunida 
o‘rganilayotgan terminlarning etimologik asosi bodgan birliklar [4,5,6,7] aralash 
tartibda keltiriladi va ta’lim oluvchiga tegishli termin ma’nosidan kelib chiqqan holda 
ularni tartiblash vazifasi beriladi; 
3) ta’lim oluvchidan tegishli etimologik asosning muayyan terminga taalluqli, 
deb hisoblanishi qanday izohlanishini tushuntirib berish so‘raladi. 
Keltirilgan algoritm asosida pedagogik ish uchun tarqatma material 


vazifasini bajaruvchi jadval quyidagicha ko‘rinishda boTishi mumkin: 
Termin Terminning lug‘aviy 
mazmuni 
Terminning 
etimologik 
asosi 
Javob 
Sirkul 
Tush yoki qalam bilan 
aylana, doira, yoylar chizishga
chiziqlar, kesmalar uzunligini 
oTchashga xizmat qiladigan 
chizmachilik asbobi 
“aj
ra
ti
sh
, k
es
is
h”

do
ira”

nu
r”

sk
el
et
” 
“p
armal
an
ga

ti
rq
is
h

te
sh
ik
” 
“t
ux
ums
im
on
” 
“d
ara
ja, 
po
g‘o
na”
Detal 
mashina, mexanizm, 
asbob va, shuningdek, 
umuman, biror buyumning 
qismi, boTagi 
Oval 
3-yassi, qavariq yopiq 
egri chiziq 
Radius 
aylana yoki sharning 
biror nuqtasini uning markazi 
bilan tutashtiruvchi to‘g‘ri 
chiziq kesmasi 
Trafaret gul, naqsh, bezakli xat 
yozish va shu kabilar uchun 
belgilangan o‘yma andaza 
Gradus 
aylananing 360° dan bir 
boTagiga teng burchak yoki 
yoy oTchov birligi 
Karks 
qurilmaning metal yoki yog‘och sinchlari 


Biz taklif etayotgan yondashuv qator ustun tomonlarga egadir. Avvalo, ta’lim 
oluvchining o‘quv jarayoni va materialiga bodgan qiziqishi ortadi, uning ilmiy 
dunyoqarishi yanada kengayadi; ikkinchidan, bunda terminlarning mazmunini 
chuqurroq tushunish, tegishli narsa-hodisalarni nomlash uchun nima sababdan aynan 
shunday so‘zdan foydalanish qabul qilinganini anglash imkoniyati ortadi; uchinchidan, 
ta’lim oluvchilarda o‘z kasb sohasining tarixiy asoslariga bodgan qiziqishi yanada 
kuchayadi. Ushbu ijobiy o‘zgarishlar, shubhasiz, ta’lim samaradorligini oshirishga 
yordam beradi. Zero, bunda har qanday faoliyat samarasining asosiy sharti bodgan 
shaxsiy faollik ortishi uchun sharoit yaratiladi. 
Adabiyotlar 
1. 
В.Б. Изучение специалной терминологии как средство формированиya 
профессионалной компетентности//Современные направлениya теоретических и прикладных 
исследований, 2013-Научнаya конференциya[Электронный 
ресурс]. 
http ://www. sworld. com.ua/ index.php/ru/conference/the-content-of- conferences/archives-of-
individual-conferences/march-2013. 
2. 
Методические 
указаниya 
длya 
практических 
и 
самостоyaтелных 
занyaтий«Черчение. Введение в предмет и yaзык предмета» по дисциплине «Черчение» 
длyaиностранных 
учащихсya 
подготовителного 
отделениya 
инженерно-технических 
иинженерно-экономических специалностей / А.М.Горбенко, В.Н.Горбенко, И.В.Валченко; 
Харк. нац. акад. город.хоз-ва - Х.: ХНАГХ, 2011. - 57 с. 
3. 
Словар-справочник по черчени^: 
Кн. длya учащихсya 
/В.Н.Виноградов, Е.А.Василенко, А.А.Алхименок и др.-М.: Просвещение, 1993.159с. 
4. 
Фасмер М. Этимологический словар русского уазыка. В 4 т. Т.2 (Е- Муж): пер. с. нем. 
и доп. О.Н.Трубачева. - 2-е изд., стер. М.: Прогресс, 1986. 672 с. 
5. 
Фасмер М. Этимологический словар русского уазыка. В 4 т. Т.3 (Муза-Суат): пер. с. 
нем. и доп. О.Н.Трубачева. - 2-е изд., стер. М.:Прогресс, 1987. 832 с. 
6. 
Фасмер М. Этимологический словар русского уазыка. В 4 т. Т.4 (Т- Уащур): пер. с. 
нем. и доп. О.Н.Трубачева. - 2-е изд., стер. М.: Прогресс, 1987. 864 с. 
7. 
Фасмер М. Этимологический словар русского уазыка. В. 4 т. Т.1 (АД): пер. с. нем. и 
доп. О.Н.Трубачева/ под ред. и с. предисл. Б.А.Ларина. - 2-е изд., стер. М.:Прогресс, 1986. 576 с. 
8.0‘збек тилининг изоИли луg‘ати: 80000 дан ортиq со‘з ва со‘з бирикмаси. Ж.4. Тартибот-
Шукр/ТаИрир Иай’ати: Т.Мирзаев (раИбар) ва бошq.; 0‘збек тили ва адабиёти институти. - Т.: 
“0‘збекистон миллий энциклопедиуаси” давлат илмий нашриёти, 2008. 608 б. 

Download 409.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling