2-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Chizma geometriya va chizmachilik terminlarining tuzilish xususiyatlari. Chizma geometriya va chizmachilik terminlar etimologiyasi bilan ularga mos tushunchalarning ta’riflari orasidagi bog‘lanish


Har uchala komponenti o‘zlashma so‘zlar - terminlar


Download 409.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi409.58 Kb.
#1556381
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu. Chizma geometriya va chizmachilik terminl

Har uchala komponenti o‘zlashma so‘zlar - terminlar:  
konstruktiv masalalar gruppasi
/r-lot + ar.+ nem./;
natural kordinatalar sistemasi
/r-lot + r-lot+ r-gr./;
nuqtaning gorizontal proeksiyasi
/ ar.+ r-gr + r-lot./;
silindrning ortogonal preksiyasi
/r-gr + r-gr + r-lot./;
boltning aksonometrik preksiyasi
/r + r-gr + r-lot./;
markaziy proeksiyalash apparati 
/ar. + r-lot. + r-lot./;
figuralarning fazoviy vaziyati
/r-lot + ar.+ ar./; 
rezbaning nominal diametri
/r-lot + r-lot + r-gr./;
bolt rezbasining faskasi
/r-nem + r + r-fr/;
bolt kallagining balandligi
/ r-nem + for-toj + for-toj/;
ortogonal proeksiyalash usuli
/r-gr + r-lot + ar./ va hakozolar. 
Uch komponentli chizmachilikka oid terminlami tartibga solish zaruriyati ham 
bor. Ularning aksariyatida so‘z tanlash masalasida grammatik unsurlar /elementlar/ning 
qo‘llanishida munozarali va g‘aliz o‘rinlar mavjud. Jumladan: nuqtaning fazoviy o‘rni 
/fazodagi/, nuqtaning epyurini yasash, tekislikda yotuvchi nuqta va x.k. 
Bu kabi masalalar ayniqsa terminlarning to‘rt va undan ortiq komponentli 
turlarida ham mavjud. Ular xaqida keyingi ishlarda fikr bayon qilinadi. 
Ona tili qoidalariga xilof, noto‘g‘ri va noaniq bayon qilinayotgan terminlar va 
ularning oldini olish: Hozirgi davr hayotimiz mazmunining o‘zgarishi, qayta qurish 
jarayoni, izchillik bilan o‘sib borayotgan ilmiy texnika rivojlanishi keng miqyosda 
yangi tushuncha va iboralarning paydo bodishiga olib keldi. 
Inson mehnat faoliyatining o‘sishi, u bilan bogdiq bo‘lgan bilimlarning paydo 
bodishi va rivojlanishi, ilmiy-texnikaning taraqqiy qilishi chizmachilik va chizma 
geometriya terminlarining maydonga kelishi, shu soha terminologiyasini yaratdi. 
Hozirgi adabiyotlarda va lug‘atlarda ishlatilib kelinayotgan ayrim terminlar, 
masalan: konusaviy sirt, sharikaviy podshipnik, va boshqalar ona tili qoidalariga xilof 
tarizda yasalgandir. 


Ma‘lumki, konus, vint, sharik – o‘zak, “viy” esa affiksdir. Bu yerda “a” hech 
qanday vazifani bajarmaydi. Shuning uchun ham bu terminlarni quyidagicha konus sirt, 
vint/li/ sirt, sharikli podshipnik deb qabul qilinishi va ishlatilishini lozim deb bilamiz. 
“Chizmachilikdan terminalogik lug‘at-spravochnik” kitobida “strelkaga” “teng 
yonli uchburchakli shaklidagi uchlik” deb noaniq izoh berilgan. Birinchidan u teng 
tomonli bodishi ham mumkin, ikkinchidan, uchburchak shakli “uchlik” deyilishi 
mutlaqo noto‘g‘ri. 
Umuman “strelka” o‘zbek adabiy tilida “ko‘rsatkich” deb atalishi lozim. 
O‘qish va o‘qitish jarayonida terminlami noto‘g‘ri talaffuz qilish ham noaniq 
tushunchalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan, rus tili orqali 
boshqa tillardan o‘zbek tili terminlari qatoriga qo‘shilgan aksonometriya, dimetriya, 
izometriya, trimetriya kabi terminlarda “urg‘u”ning so‘z oxiridagi unliga, ya’ni “i”ga 
berilishi tilda majud bodgan ma’no ottenkalarini buzib tasvirlaydi. Bu borada, “urg‘u” 
faqat joyida, ya’ni “e”ga berilishi lozim. 
Eski adabiyotlarda, shu jumladan, hozirgi ayrim adabiyotlarda ham 
auditoriyadagi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda ham “shtrixli chiziq”- “shtrix 
chiziq”, “yigdlgan chizma” - “yig‘ish chizma” kodinishida ishlatilib kelinadi. 
Bizningcha ikkinchi variant terminlari tushunchani ifodalashda va uning ma’nosini 
anglashda qulay va aniq. 
Ayrim terminlarni noto‘g‘ri ishlatish natijasida o‘z ma’nolarini yo‘qotadi. 
Masalan: “A nuqtaning gorizontal proeksiyasini toping”, “sirkulning uchini A nuqtaga 
qo‘ying” kabi tushunchalar - “gorizontal proeksiyalar teksligida A nuqtani toping” va 
“sirkulni A nuqta ustiga qo‘ying” kabi stilistik tuzilishda bodishi kerak va shunga 
o‘xshashlarni to‘g‘ri qodlash bilan o‘quv adabiyotlarida ham unga o‘zgartirishlar 
kiritilishi lozim. Bular o‘z navbatida, boshqa, ya’ni birinchisi - tekslikdagi nuqta, 
ikkinchisi - sirkulni nuqta ustiga qo‘yish ma’nolarini anglatadi. 
Shu bilan bir qatorda “buyumni chizish”, termini “buyumning chizmasini 
chizish” termini o‘rnida ishlatilishi mumkin. 

Download 409.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling