2-amaliy mashg’ulot mavzu: mikroorganizmlarni gram usulida bo’yash orqali identifikatsiya qilish mashg’ulotni o’tish tartibi
Download 34.4 Kb.
|
SANOAT MIKROBIOLOGIYASI 2-AMALIY MASHG\'ULOT 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapsulalarni bo’yash.
TSil-nilsen usulida bo’yash.Sporalarning qobig’i va protoplazmasi hujayra protoplazmasiga nisbatan qiyinroq bo’yaladi, shu sababli sporalarni bo’yash uchun kuchli bo’yoq eritmalarini ishlatish va mazokni qizdirishga to’g’ri keladi. Sporalar hujayra protoplazmasiga nisbatan rangini sekin, qiyinchilik bilan yo’qotadi. SHuning uchun sporalar quyidagicha bo’yaladi:
Fiksatsiya qilingan quruq mazok tayyorlanadi. Mazokka filtr qog’oz qo’yiladi, shu qog’oz ustidan TSil fuksini quyiladi. So’ngra buyum oynasini pintset bilan bir uchidan ushlab, qaynaguncha emas, balki bug’ paydo bo’lguncha spirt lampasi alangasida qizdiriladi. Bo’yoqqizdirilganda qurib qolmasligi uchun buyum oynasiga tez-tez TSil fuksini tomizib, qo’shib turiladi. Filtr qog’oz pintset bilan avaylab olinadi. Buyum oynasi 1% li sulfat kislota eritmasiga 2daqiqa solib qo’yiladi. Ayni vaqtda protoplazma hujayralari rangsizlanib, sporalar qizilligicha qolaveradi. Preparat suv bilan yuviladi. Preparat metilen ko’ki bilan 1-2daqiqa davomida bo’yaladi va suv bilan yuviladi. Ayni vaqtda rangsizlangan batsillalar ko’k tusga kiradi, sporalar esa qizilligicha qolaveradi. Kapsulalarni bo’yash.Kapsulalarni Jon, Giss va Omelyanskiy usullari kabi bir necha xil usulda bo’yash mumkin, bulardan asosan Omelyanskiy usulidan ko’proq foydalaniladi. Ba’zi bakteriya hujayralari shilimshiq kapsulalar bilan o’ralgan. Bunday kapsula bakteriyalarni qurib qolishdan va boshqa noqulay sharoitdan saqlaydi. Kapsulalar yorug’lik nurlarini aksini sindiradi va preparat maxsus usulda bo’yalgandagina yaxshi ko’rinadi. Negativ qilingan kapsulalar Omelyanskiy usulida quyidagicha bo’yaladi: buyum oynasiga yarmigacha suv qo’shib suyultirilgan TSil fuksinidan bir tomchi tomizib, tekshiriladigan bakteriyalar mikrobiologik sirtmoq bilan aralashtiriladi. 2-3daqiqadan keyin fuksin tomchisiga suyuq tush tomchisi qo’shiladi va oynaga yaxshilab yoyiladi. Preparat havoda quritilib, mikroskopda immersion ob’ektiv bilan tekshiriladi. Ayni vaqtda buyum oynasi tush bilan bo’yalib, qora tusda ko’rinadi, bakteriyalarning hujayralari qizil bo’lib ko’rinadi, kapsulalar esa rangsiz bo’ladi. Download 34.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling